207
sohasi keltirayotgan foyda avtomobilsozlikdagi darajada – har yili
o‘rtacha 17 milliard dollar bo‘lmoqda.
ma’naviy hayotda san’atning o‘rnini sanoatlashgan davrning
standartlash yo‘nalishidan
farqli holda uning milliyligini to‘la namoyon
qilish orqali va muntazam xalqaro almashuv yo‘li bilan millatlarning
madaniy yaqinlashuviga hissa qo‘shishida ham ko‘rish mumkin. zero,
san’atning tili (rangtasvir, haykaltaroshlik, me’morchilik, musiqa,
raqs) tarjimasiz tushunarli bo‘lganidan bebaho umuminsoniy aloqa
vositasidir.
Maorif sohasida jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda.
Jumladan,
kechayotgan fan inqilobi va
axborotlashuv tufayli o‘qish, o‘qitish
ishlarining samaradorligini yanada oshirish imkoniyati yaratilmoqda.
buning natijasida rivojlangan mamlakatlar aqsh va yaponiyada xxi
asrda
yalpi oliy ta’limga o‘tish vazifasi kun tartibiga qo‘yilgan.
Siyosiy sohada ham axborotlashuv
inqilobi tufayli jiddiy
o‘zgarishlar kutilmoqda. Chunonchi, davlat hokimiyati markaz-
lashganligi barham topib, uning o‘rniga shaxs erkinligi salmog‘i oshib
boradi. natijada fuqaro ular har birining demokratik qarorlar qabul
qilinishida bevosita ishtirok etishi ta’minlanadi.
boshqa tomondan
qaraganda davlat markazlashganligining kuchsizlanishi axborotlarga
egalik qilish natijalari bilan ham bog‘liq. masalan, hozirgi ko‘pgina
mamlakatlarda davlat tashkilotlari fuqarolar to‘g‘risida axborotlar
to‘plaganki, zarur bo‘lganda ulardan totalitarizm maqsadlarida
foydalanishi mumkin. yana bir hol:
davlat hokimiyatini muayyan
darajada cheklash axborotlardan turmushning turli sohalarida
foydalanish zaruriyati bilan ham bog‘liq. iqtisodiyot sohasidagi
axborotlarni
tartibga solish, ulardan lozim darajada foydalanishni
siyosiy hokimiyatni total aralashuvisiz ham bozor munosabatlari
yordamida yo‘lga qo‘yish mumkin.
Axborotlashayotgan jamiyat belgilari
tashqi siyosat sohasida,
ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘lmoqda. aqshdan tashqari qator
mamlakatlar, jumladan, xitoy, yaponiya, germaniya, Rossiya jahon
miqyosida mustaqil yetakchi o‘ringa da’vogarlik qilmoqda. ayni
vaqtda, mintaqalararo ittifoqlarning (masalan, g‘arbiy yevropa,
shimoliy amerika) o‘rni kuchaymoqda. shuningdek,
xalqaro
tashkilotlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: