210
13. ma’naviy-madaniy sohadagi tub siljishlar to‘g‘risida.
14. siyosiy sohadagi axborotlashuv inqilobi.
15. axborot-texnikaviy sivilizatsiya nazariyalaridagi utopiya.
16. Hozirgi jahoniy tizimning umumiy tavsiflari.
17. e.vallershteynning jahon tizimi nazariyasi.
18. «uchinchi dunyo» – rivojlanayotgan davlatlar.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:
1. i. a. karimov. «O‘zbekiston xxi asr bo‘sag‘asida: xavfsizlik-
ka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari». t.:
«O‘zbekiston», 1997.
2. «Falsafa». darslik. m. ahmedova tahriri ostida. t., 2006.
3. «Falsafa». O‘quv qo‘llanma. e. yusupov tahriri ostida, t.,
2005.
To‘rtinchi bo‘lim. hozirgi dunyo
www.ziyouz.com kutubxonasi
211
XoTimA
markazida inson turgan ijtimoiyot bilimlarining o‘rni va ahamiyati
oshib borayotganligi hozirgi vaqtda barcha tomonidan tan olingandir.
buning qator sabablari bor:
Birinchidan, hozirgi dunyoda ko‘p jihatlardan umumiy bo‘l gan
sivilizatsiyaning umuminsoniy va milliy qadriyatlarni muvofiq-
lashtirish negizida yangi jahoniy tartibotning shakllanayot ganligi sodir
bo‘lmoqda.
Ikkinchidan, O‘zbekistonda zamonaviy bozor munosabatlarini,
demokratiya va erkin huquqiy davlatni yuzaga keltirish orqali ijtimoiy
hayotni tashkil etishning yangi modeliga o‘tilmoqda.
Uchinchidan, davlat istiqlolini g‘oyaviy va mafkuraviy mustah-
kamlash talablariga ko‘ra O‘zbekiston
hayotiga aloqador ichki va
tashqi omillarni baholash lozimligi ravshandir.
inson, uning jamiyati o‘zgarishi va rivojlanishining muhim
jihatlari to‘g‘risidagi bilimlar bir tomondan ta’lim tizimidagi barcha
asosiy fanlarni yakunlasa, ikkinchi tomondan voqelikning ular
o‘rganishi doirasiga kirmaydigan sohalarini ifodalaydi. bu tomonlar
o‘zaro nisbatida ikkinchisi belgilovchi hisoblanadi. zero, inson, uning
mohiyati hamda u mansub bo‘lgan Olamning (sotsiumning) qay
darajada shakllanganligining o‘rganilishi natijalari muhim ahamiyatga
ega.
«shaxs va jamiyat (ijtimoiyot asoslari)»
predmetini yoritishga
bag‘ishlangan kitobdan qanday xulosalar chiqarish mumkin? bular
quyidagilar:
– insonning noyob mavjudot ekanligidan uning to‘g‘risidagi
bilimlarning doimo to‘ldirib, chuqurlashtirib borish zarurligi, inson-
shunoslikdagi ilmiy yo‘nalishlarning o‘zaro muqobilligiga alohida
e’tibor berish, hamda noilmiy va hatto, ilmga zid bo‘lgan nuqtayi
nazarlarning ham yashashga
haqqi borligi tan olinadi;
–
kishilar, insoniyat olami – sotsium ijtimoiy jihatdan o‘zaro
bog‘liqligi tufayligina mavjud bo‘ladi, degan qoidadan kelib chiqib
jamiyatning birlamchiligi, belgilovchiligi to‘g‘risida gapirish, uni
www.ziyouz.com kutubxonasi
212
tamoyil darajasiga ko‘tarish bir tomonlamalik bo‘lur edi. binobarin,
jamiyat –
bu Olamning alohida sohasi, deyish shartli. unga
jamiyatning, sotsiumning yaxlit ifodasi tarzida qarash maqsadga
muvofiqdir;
–
insoniyat jamiyatini ijtimoiy-madaniy sifatlarda olib qarashdan
unga sivilizatsiyaviy yondashish lozimligi kelib chiqadi. bunga ko‘ra,
jamiyat rivojlanishi to‘g‘ri chiziqli tarzda yuz beradi, deyish bir
yoqlama fikr va shu jihatdan marksistik ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya
to‘g‘risidagi qarashlar o‘z qiymatini yo‘qotdi;
–
tarixiy jarayon – bu sivilizatsiyalarning kelib chiqishi, mavjud
bo‘lishi va rivojlanishidan
hamda umrini yashab, so‘ng sahnadan
ketishidan iboratki, bundan insoniyat yashash makonining istagan
joyida taraqqiyot boshlanishini istisno etib bo‘lmaydi. albatta, bu
jarayon birdan, kutilmagan tarzda yuz bermay, balki tegishli obyektiv
va subyektiv shart-sharoitlar natijasi o‘laroq
amalga oshadi;
– sivilizatsiyaviy yondashish tamoyili mantiqiy ravishda sivi-
lizatsiyalarning, dastavval,
Sharq va
G‘arb tiplarini, so‘ngra bular-
ning har biridagi kichik tiplarini farqlashni taqozo etadi. binobarin,
sharq sivilizatsiyasi tarkibida hind, xitoy, turkiy, arab musulmon
va boshqa sivilizatsiya kichik tiplari mavjudligidan ko‘z
yumib
bo‘lmaydi;
– o‘zining sivilizatsiyaviy tavsifiga ko‘ra
Turon – Movarounnahr–
Dostları ilə paylaş: