o‘quv dasturi
www.ziyouz.com kutubxonasi
219
dastur namunaviy bo‘lganidan «shaxs va jamiyat» predmeti
mazmunida qaysidir bir zamonaviy nazariy konsepsiya boshqalariga
zarar keltiriladigan darajada afzal ko‘rilmaydi. uning belgilangan
majburiy qismi uchun 40 soat ajratilgan. uning doirasida variantlilik
imkoniyatlari mavjudligidan o‘qituvchi dars jarayoniga mustaqil
yondasha oladi, xususan, hozirgi pedagogik texnologiyalarni joriy
etish maqsadida ikki soat zaxira vaqt (umumiy soat miqdorining
5% i) ajratilgan.
yoshlarda tegishli bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilganligiga
ko‘ra dastur yetarli darajadagi nazariy saviyaga erishishni va oliy
maktab ta’limi tizimida o‘qishni davom ettirishni ta’minlashga
qaratilgan. Jumladan, unda talabalarga quyidagi umumta’lim
malakalari, ko‘nikmalari va faoliyat tarzlarini shakllantirishni nazarda
tutiladi:
•
o‘rganilayotgan obyektning umumiy tavsifini belgilash, uni
boshqa bahosi va tavsifi bilan qiyoslash, solishtirish;
•
egallangan bilimlarni konkret misollarda oydinlashtirish;
•
tipik ijtimoiy vaziyatlarda amaliy bilish vazifalarini hal etish
malakalarini egallash;
•
to‘g‘ri hukmni asoslash, dalillar keltirish, ta’riflar berish;
•
zarur axborotni izlashdan tortib, ularning natijalarini tekshirish,
baholash va ulardan foydalanish;
•
loyiha tuzish ishlarida ishtirok etish, izlanish faoliyatida oddiy
ko‘nikmalarni egallash;
•
matnni tushunish va uning tili o‘ziga xosligini farqlash;
•
ommaviy axborot vositalarining «shaxs va jamiyat» mazmuniga
doir materiallar tilini aynan bir xil tushunish;
•
axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, uzatish va saqlash bo‘yicha
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish malakasini egallash;
•
xalq oldiga chiqib so‘zlash usuli (monolog, dialog, bahs,
munozara) va nutqda axloqiy me’yorlarga rioya qilishni egallash.
www.ziyouz.com kutubxonasi
|