o‘quv PREdmETininG o‘zlAShTiRiliShiGA doiR TAlABlAR 1. O‘quv predmetini umumta’lim fanlari yo‘nalishi bo‘yicha
o‘qitish natijalariga ko‘ra quyidagi talablar qo‘yiladi:
– insonning kelib chiqishidan tortib, uning asosiy fenomenlari
sifatlarigacha bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirish, tushunish;
– ijtimoiy jarayonlarni hamda ularni tartibga solib turuvchi
asosiy institutsional tuzilmalarning tabiatini yetarli darajada mulohaza
qilish va tushunish;
– sivilizatsiyalarning ijtimoiy-madaniy jarayonlar sifatidagi
tavsiflarini lozim darajada bilish;
– sharq va g‘arb sivilizatsiyaviy umumiyliklari va farqlari hamda
bularning ilgarigi va hozirgi jihatlarini mulohaza etish;
– mustaqil O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy-ma’daniy tashkil
etuvchilari tizimidagi tub o‘zgarishlarning mohiyati, mazmuni va
yo‘nalishlarini tushunish;
– hozirgi dunyo, globalizatsiya va global muammolar hal
etilishining shart-sharoitlari hamda shakllanayotgan axborotli-
texnologiyaviy sivilizatsiyaning asosiy konturlari to‘g‘risidagi
bilimlarni mulohaza etish.
2. O‘quv predmetini o‘zlashtirgan talabalar quyidagilarni
uddalashi lozim:
– ijtimoiy hodisa, jarayon yoki faktni zamonaviy ilmiy pozi-
tsiyadan turib qarab chiqish;
– ijtimoiy ma’no va mazmun kasb etgan axborotlarni tegishli
ilmiy atama, tushunchalarda tahlil va tasnif etish hamda ularni bir
belgi tizimi (matn, sxema, diagramma va boshqalar)dan boshqasiga
ko‘chirish;
– ijtimoiy obyektlarning umumiy va xususiy jihatlarini qiyosiy
farqlash hamda bularga oid bilimlarni «shaxs va jamiyat» predmeti
tushunchalarida ifodalash;
– o‘rganilayotgan obyektlarni shaxslararo, shaxs va jamiyat,
jamiyat va tabiat, har xil kichik tizimlar va hokazolar o‘rtasidagi
aloqalarida ko‘rsatish va tushuntirish;
– shaxs, ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar va xalqaro subyektlarning
turli sohalaridagi xatti-harakatlarini axloqiy me’yorlar, siyosiy
demokratiya va ilmiy ratsionallik nuqtayi nazaridan baholay olish;