26
bo‘lgan bir nazariyaga ko‘ra, oliy primatlar o‘simlik mahsulotlariga
oqsillarni qo‘shish ehtiyoji tufayli murdalarni ham iste’mol qilishgan.
murda go‘shtlarini iste’mol holiga keltirish uchun turli moslamalar
va olovdan foydalanishga uringan. shu yo‘l bilan inson kelib chiqishi
ta’minlangan, deb qaraladi.
Mazkur nazariyani to‘ldiradigan yana boshqa fikrlar ham
birmuncha to‘plangan. masalan, insonning o‘tmish qarindoshi bo‘lgan
maymunlar o‘simlik mahsulotlari bilan bir qatorda go‘sht iste’mol
qilishi va ularda o‘ziga xos ovchilik faoliyati borligi fanda ma’lum.
antropogenezning
mehnat nazariyasiga
muqobil bo‘lgan boshqa bir nuqtayi
nazarga ko‘ra (uning asoschisi mutafakkir
Lyuis Memford, 1845–1990), ma’naviy
madaniyatga belgilovchi o‘rin berib mashina va qurollarning o‘rni
shubhaga olinadi. to‘g‘rirog‘i, ularning
ahamiyati aql faolligining
ko‘rsatkichi bo‘lish uchun yetarli hisoblanmaydi. ya’ni, inson
ajdodlari o‘z o‘tmishining qaysidir bosqichida qurollardan foydalanib,
o‘zlarini takomillashtirganlari belgilovchi omil bo‘la olmaydi. inson
avval boshdan asosiy quroli – aqli yordamida o‘zining
tanasini
harakatlantiruvchi, aqlidan foydalanib o‘z-o‘zini takomillashtiruvchi
mavjudotdir. bu jarayonda texnika yordamchi vazifani bajaradi.
uning o‘zi hech qachon madaniy yaxlitlikdan ajratilmaydi. bu
yaxlitlikdagi marosimlarning umumiy aniqligi qo‘l mehnatining zarur
ko‘nikmalarini shakllantiradi.
yuqorida keltirilgan nazariya larning
kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha
ilgari surilgan noan’anaviy ta’limotlar
ichida keyingi vaqtda tarqalayotgan l. mak lyuen qarashlari e’ti-
borni tortmoqda. amerikalik olim antropogenez
nazariyasida bosh
omil sifatida aloqa va munosabatga e’tibor qaratish lozim deb
hisoblaydi.
xx asrning
ikkinchi yarmidan boshlab
an’anaviy, ratsionalizmga asoslangan
mum toz fan tamoyillarini qayta baholash,
ko‘rib chiqish jarayoni kechmoqda. uning
hozircha ko‘zga tashlangan natijasi o‘laroq, «insonning tabiat bilan
yangi suhbati, muloqoti» qayd qilinmoqda. ilmda
sinergetika deb
Dostları ilə paylaş: