28
molik
tomoni shundaki, xuddi ana shu davrda inson ajdodlarida
aqlning (intellektning) nuqtalari muhim ahamiyat kasb etaveradi.
tadrijiylik mantiqining «o‘ziga xos namoyon bo‘lishi» natijasi o‘laroq,
ajdodlarimiz nochorgina yashab yurgan hayvondan mustahkam asab
tizimi va rivojlangan miyaga ega bo‘lgan mavjudotga aylandi. endi
bular avvaldan o‘zlari yaratgan yangi qurollarni ishlatishni, olovdan
foydalanishni yo‘lga qo‘ydilar.
Asosiy tushunchalar
•
noan’anaviylik – antropogenezda avvalgi mavjud qarashlarga
muqobil bo‘lgan ta’limotlarning olg‘a surilishi.
•
madaniyat – bu tabiatda berilganidan farq qilib,
kishilar
tomonidan moddiy va ma’naviy qadriyatlar yaratilishida
erishilgan daraja va shu qadriyatlarning jami.
•
munosabat – kishilar o‘rtasidagi
pozitsiyani ifodalaydigan
hissiy-irodaviy aloqadorlik.
•
Sinergetika (yunoncha:
hamkorlik) – global tadrijiylik,
nochiziqlilik, o‘z-o‘zidan tashkillanish
hodisalarining tadqiqi
bilan bog‘liq yangi dunyoqarash, ilmiy yo‘nalish.
•
Bifurkatsiya – jarayon kechishidagi maromning o‘zgarishini
izohlaydigan tushuncha.
•
Fluktatsiya (yunoncha:
tebranish) – o‘z-o‘zidan tashkillanishda
tasodiflarni ifodalaydigan atama.
Savollar va topshiriqlar
1. quvvat-axborot nazariyasining yutuqlari va kamchiliklari
nimalardan iborat?
2. inson ajdodlarida go‘shtxo‘rlik qachon boshlangan?
3. antropogenezda aqlni birinchi o‘ringa qo‘yish mumkinmi?
4. kishilarning o‘zaro aloqa va
munosabatlari ular antropo-
genezida belgilovchi omil bo‘la oladimi?
5. Koinotiy nazariya dalillari tavsifi.
6. anomal hodisalarning antropogenezdagi o‘rni to‘g‘risida.
7. noan’anaviy nazariyalarning dalillanganligi darajasi to‘g‘-
risidagi fikringiz.
Dostları ilə paylaş: