30
vaqtda muayyan hududdagi turli-tuman
munosabatlaridan tashkil
topgan turmush faoliyatini ifodalashi aniq.
insonning kelib chiqishi sotsiogenez jihatdan quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
–
birinchidan, qaysi ijtimoiy omillar kishilarning kelib chiqishiga
ko‘mak beradi?
–
ikkinchidan, inson qaysi tadrijiy bosqichlarni bosib o‘tdi?
–
uchinchidan, insonning ijtimoiy shakllanish mexanizmi qanday
kechdi?
–
to‘rtinchidan, yer yuzi mintaqalarida
kishilar tarqalishining
shart-sharoitlari nimalardan iborat va uning mexanizmi qanday
bo‘lgan?
ayni vaqtda, bu savollar sotsium
kelib chiqishining asosiy
masalalarini ham o‘z ichiga oladi.
insonning kelib chiqishi va tabiati to‘g‘-
risidagi ta’limotlarning ko‘pchiligida
Homo sapiens (Mohir odam) bosqichidan
boshlab sodda tosh qurollar yarata boshlandi, deb ta’kidlanadi. garchi
yuqorida ko‘p o‘rinlarda ta’kidlanganidek, antropogenezning ham,
sotsiogenezning ham qurol yaratish, undan foydalanish omillari bilan
bog‘liqligi yagona asos bo‘lmasa-da, har holda dastlabki faraz sifatida
ancha-muncha masalalarni oydinlashtirishga yordam beradi. shuning
uchun sotsiogenezda qurolsozlik faoliyati nazariyasiga ko‘proq
tayaniladi.
mohir odamlarning paleontologik qoldiqlari tasdiqlashicha, ular
miyasining tegishli qismlarida qurollar yasash ko‘nikmalari qayd
etila boshlangan. lekin insonning
bevosita qurol yasash faolligi,
anglaganligi, maqsadga yo‘naltirilganligi keyinroq yuz bergan.
shakllanayotgan inson davri pitekantroplardan boshlangan.
ularda nisbatan yuksakroq birdamlik, marhumlarni ko‘mish
va hokazolar mavjud bo‘lgan. O‘z
navbatida, bular hayvonlar
hamjamoalaridan tubdan farq qilgan yangi holatga o‘tishni bildirar
edi. bu holat esa ajdodlarimiz turmushini ta’minlovchi ehtiyojlarini
o‘zaro muvofiqlashtirib qondirishni anglatgan.
antropogenezni tushuntiradigan ta’ li -
motlarning ko‘pchiligida
inson avlod-
lari hayot faoliyatining muhim jihati
Dostları ilə paylaş: