36
erishilgan
natijalar muayyan xulosalar
chiqarish uchun yetarli. tadrijiylik na-
za riyasi vakillaridan
biri amerikalik
l.g.morgan asosiy kasbi advokatlik
bo‘lishiga qaramay, 40 yil davomida
antropologiya bilan ham
shug‘ullangan. u o‘zining
«Qadimgi jamiyat» asarida insoniyat
madaniyati va jamiyati tadriji masalalarini yoritdi.
Olim insoniyat
rivojlanishini yovvoyilik, varvarlik va
sivilizatsiya bosqichlariga
bo‘ldi.
morgan ilgari surgan g‘oyalardan foydalanib, uning tarafdorlaridan
biri insoniyat ibtidoiy jamoa davri tarixini davrlashtirgan edi.
Chunonchi, yovvoyilik davri uch bosqichga bo‘lingan:
1. insoniyat zoti yoshligini bildirgan quyi darajasida kishilar ilk
makonlari bo‘lgan tropik va subtropik o‘rmonlarda daraxt va ildiz
mevalari iste’mol qilib yashaganlar va aniq nutq ular yetukligining
bosh belgisi bo‘lgan.
2. O‘rta bosqichda
kishilar baliq mahsulotlaridan, olovdan
foydalanib oziq-ovqatlar tayyorlagan hamda daryo va ko‘llar atrofida
joylasha boshlagan.
3. Oliy bosqichda o‘q-yoy ixtiro etilgani
tufayli ovchilik bilan
doimiy shug‘ullanish mumkin bo‘lgan.
sotsiogenez bosqichini morgan nazariyasi yo‘nalishida rus
etnografi
V.P.Alekseyev insoniyat tarixining boshlanishini insonning
kelib chiqishidan, insonning o‘zini esa gominidlar oilasi shakllanishi
va mehnat faoliyati boshlashidan olishni taklif qildi.
v.p.alekseyev ibtidoiy to‘da davrini quyidagicha izohlaydi:
Birinchi bosqich – bir necha million yil avval yashagan
avstralopiteklar kichik oilasida
hayvonot dunyosidan ajralib
chiqishining ilk kurtagi ko‘rina boshlagan.
Ikkinchi bosqich – pitekantrop turi davri. ularda sodda nutq va til
paydo bo‘lgan, ov qilish qurollari va usullari murakkablashgan bo‘lib,
ovchilik jamoalari o‘zaro munosabatlari murakkablashganidan darak
bergan. bu davrdagi inson ajdodlarida jinsiy masalada ba’zi taqiqlar –
tabu yo‘lga qo‘yilishi mumkin edi.
Uchinchi bosqich – neandertalni ifodalab hozirgi inson ko‘rinishini
maydonga keltirgan davrni o‘z ichiga oladi.
bu bosqichlarning biridan ikkinchisiga o‘tish davrida yuz bergan
jarayonlarni zarur darajada tasavvur qilmasdan sotsiogenez to‘g‘risida
Dostları ilə paylaş: