37
gapirish yetarli bo‘lmasdi. shunga ko‘ra, kishilik dunyosi kelib
chiqishining umumiy jihatini aniqlab olish kerak.
Rus olimi v.F.porshnev insoniy tarix
anglangan mehnat faoliyatidan emas, balki
mehnat qurollarini instinktiv yaratishdan,
tayyorlashdan boshlanadi, deb hisoblaydi.
ya’ni, inson ajdodi o‘zidagi biologik instinkt talabiga ko‘ra sof
tasodifiy tarzda dastlabki tosh qurollarni yasagan.
bunday tarzda kelib chiqqan inson, ya’ni, sotsium a’zosi yagona
tip emas, balki bir necha xil ko‘rinishda bo‘lgan. ular ichida o‘z
turi vakillarini
yeydiganlaridan tortib, qurbon bo‘lishidan qo‘rqib
stixiyali tarzda, aniqrog‘i, biologik instinkt talabiga ko‘ra miyasining
tegishli qismini kutilmaganda ishlatib yuborib boshqalardan ruhiyati
rivojlangani bilan oldinga o‘tib ketganlari ham bor. ana shu nuqtayi
nazarni tasdiqlashga qaratilgan anchagina qiziqarli faktlar to‘plangan.
lekin boshqa barcha shu turdagi nazariyalarda bo‘lganidek, porshnev
qarashlarida ham munozarali xulosalar anchagina topiladi.
kishilik dunyosi kelib chiqishi mexanizmini tushuntirishda nemis
olimi F.kliks ta’limotiga ko‘ra inson kelib chiqishida mehnat qurollari
yasash turli individlarda turlicha – birovda tez va soz, boshqalarida esa
aksincha bajarilgan. birinchilarining bu sohada ixtisoslashuvi mehnat
taqsimotini keltirib chiqarishi, mutaxassis bo‘lish uchun zaruriyat
hosil etgan. bular, albatta, tabiiy holat bo‘lmay,
balki sotsiumga
tegishlilik, ijtimoiylikdir. shu tarzda boshlangan jarayon oqibatda
murakkab tizimga olib kelishi, tizim esa o‘z-o‘zidan
rivojlanishi
mumkin bo‘lgan.
v.p.alekseyev sotsiogenez bosqichlari
haqida gapirar ekan,
jarayonning boshi
(avstrolopiteklar hayoti) va nihoyasi
(neandertallar jamoasi) to‘g‘risida fikr
yuritadi. bu jarayonlarga oid ashyoviy ma’lumotlardan foydalanib,
mantiqiy xulosa yasash mumkin.
Oraliq davr esa eng umumiy
jihatlari bilangina ma’lum bo‘lgani uchun uning to‘g‘risida aniq
xulosa chiqarish mushkul. shunga qaramay, sotsiogenez kechishi
tarzi
haqida aytish mumkinki, uning qaysidir bosqichida jinsiy
munosabatlar tartibga solina boshlandi. Chunonchi,
insestga tabu
qo‘yildi. asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, bevosita biologik aloqalarning
qon-qardoshlikka olib kelish hollari anglandi.
Dostları ilə paylaş: