40
8-§. Insonning biologik tavsifi to‘g‘risida
antropogenezning sotsiogenez bilan uzviy
aloqadaligi, o‘zaro bir-birini taqozo etishi
ularni yaxlit holda
–
antroposotsiogenez
tarzida qarash imkoniyatini beradi. albatta, bunda ularning inson kelib
chiqishidagi o‘ziga xos sifatlari yo‘qolib ketmaydi. balki inson hayoti
davomida uning butun borlig‘ida tabiiy-biologik
va ijtimoiy-ruhiy
nisbati ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi.
yuqorida aytilganidek,
inson tabiatning uzviy bir bo‘lagi. shu ma’noda uning tanasi nafaqat
biologik, balki jonsiz tabiatning fizik va kimyoviy jarayonlari ham
kechadigan manbadir. unga tana tuzilishi
jihatidan muayyan tur
belgilarining yig‘indisi tarzida qarash mumkin. bu yig‘indi qat’iy
qonunlarga ko‘ra tashqi muhit bilan doimiy bog‘langan
mexanizm
sanaladi.
tabiiy-biologik jihatdan inson ona qornida rivojlanishi, tug‘ilishi,
umrining davomiyligi, muayyan ovqat turlarini o‘zlashtirish qobiliyati,
nasldan
naslga beriladigan nishonalari,
belgilari va imkoniyatlari
hamda jins va boshqa sifatlari bilan ham bog‘liq.
inson o‘z umrining katta qismini oziq-ovqatga, suvga, turar joyga,
kiyim-kechakka bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun sarflaydi.
antropologik
1
jihatdan inson o‘z tadriji-
ning yakuniga yetgan deb qaraladi. haqi-
qatdan ham, unda to‘rt
oyoqli mavju-
dotlarda bo‘lmagan sifat mavjud: tana
barcha a’zolari ijodiy murakkab mehnat
jarayonlarini bajarishga
moslashgan. bular quyidagilarda ko‘rinadi: qo‘llar
va ulardagi
barmoqlarning turli yumushlarni bajara olishi; ko‘z a’zolarining uch
o‘lchovda ko‘ra olishi bilan makonda mo‘ljalni to‘g‘ri olishi; ruhiy
rivojlanishning yuksakligi bilan bog‘liq bo‘lgan intellekt; tovushlar va
so‘zlardan foydalanish orqali nutq boyligini doimo ko‘paytirib borish;
odatda, har qanday sharoitda tashqi muhitga ongli ravishda moslasha
olish; turmush tarzining barcha jihatlariga ta’sir
etadigan barqaror
1
antropologiya xix asr o‘rtalarida fan sifatida shakllangan bo‘lib,
insonning kelib chiqishi va tadrijini, jismoniy tuzilishi, normal variantlari va
irqlar tuzilishini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: