41
jinsiy maylning mavjudligi va hokazo. O‘z navbatida, bular inson
rivojlanishini ta’minlashga to‘la qodir bo‘lgan omillardir.
ana shunday qarashlardan kelib chiqib insondan boshqa
mavjudotlar shakllanishi nihoyasiga yetmagan ekan-da, deb o‘yla-
maslik kerak. negaki, o‘z turi davomiyligini ta’minlash uchun
hayvonlar ham instinktiv belgilangan «dastur»ga ko‘ra harakat
qiladilar. bu instinkt doimiy ravishda takomillashib boraveradi,
avloddan avlodga o‘taveradi.
instinktiv harakat qiladigan hayvonlardan farqli o‘laroq inson aql-
idrok bilan harakat qiladi. buni obyektiv sharoit taqozosi bilan sodir
bo‘lishini izohlash mumkin.
ikkinchi qarashga binoan insonda ham, hayvonda ham tadrijiylik
salohiyati tugamaydi. lekin tarixiy davrga qaraganda biologik davr
ritmik sekinlashgani kuzatiladiki, bu endi boshqa omillar bilan ham
bog‘liqdir.
insonning biologik mavjudot ekanligini
haddan tashqari bo‘rttirish noto‘g‘ri
bo‘l ganidek, uni nazarga olmaslik ham
to‘g‘ri emas. inson biologik muhit bilan uzviy bog‘langan
–
uning
zaminida kelib chiqqan, filogenez jarayonida tadrijiylikning biologik
qonunlariga bo‘ysunadi. insonning biologik xususiyatlari bu
–
irsiylik yoki organizm ichki sharoitlari bilan bog‘liq hodisalari va
jarayonlaridir. ularni ikki xilga
–
biotik (genetik omil, ovqatlanish,
kasallik, irq) va abiotik (iqlim, harorat va yorug‘likning mavsumiy
o‘zgarishi, yerning aylanishi va h.k) turlarga ajratish mumkin.
insonning ontogenetik rivojlanishida quyidagi biologik jihatlar
o‘zaro bog‘liqlik kasb etadi: a) tana, a’zolar o‘lchamlari va shakllari,
ularning xususiyatlari, alohida bajaradigan vazifalari; b) tana
qismlari o‘zaro moslashgan. hozirgi vaqtda insonga biologiyaviylik
pozitsiyasidan turib yondashadigan nuqtayi nazarlar anchagina.
ulardan eng asosiylari quyidagilar: 1. sotsial darvinizm tarafdorlari
kishilik dunyosi mavjudligi va rivojlanishning belgilovchi omili
sifatida tabiiy tanlov va yashash uchun kurash tamoyillarini ilgari
suradi. 2. irqiy antropologiya maktabi tarafdorlari inson bosh suyagi
shakllari, sochining rangi, ko‘z rangi, ruhiy o‘ziga xosliklar va
hokazolar xalqlar tarixi va madaniyatiga belgilovchi ta’sir etadi, deb
hisoblaydi.
Dostları ilə paylaş: