47
individuallik ko‘rinishlarida saqlanib qoladi. bular hamma vaqt
obyektiv ravishda inson sifatlari muhim xususiyatlarining ifodachisi
bo‘lib qolaveradi. navbatdagi bosqichlarda ham kishilar mustaqil
faoliyat ko‘rsatuvchi mavjudot sifatida bir-biridan o‘ziga xosligi bilan
farqlanadi. umuman, individning turlicha talqini mavjud bo‘lganidek,
uning natijasi bo‘lgan individuallikni izohlashda ham xilma-xil
qarashlar bor. masalan, uni yo individ bilan, yo inson mavjudligining
yuksak shakli bo‘lgan shaxs bilan qiyoslashadilar. holbuki, dastavval
individuallik tushunchasida har bir inson hayoti, faoliyatining barcha
sohalarida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xosliklar – bir individni
ikkinchisidan farqlaydigan xususiyatlar ifodalanadi. darhaqiqat,
moddiy ishlab chiqarishni amalga oshirish jarayoni, siyosiy vazifalarni
hal etish yo‘llari, ma’lum obyektning san’at asarlaridagi turli-
tuman talqini va hokazolar pirovard natijada ijrochilarning talanti,
tashkilotchiligi, o‘z burchlariga fidoyiligi kabi ko‘plab xususiyatlariga
bog‘liq bo‘ladi. individuallikda ijobiylik o‘z aksini topadi. masalan,
o‘zi no‘noq shaxsning individual xususiyatlari to‘g‘risida maxsus
gapirilmaydi.
individuallikda alohida olingan insonning aniq xatti-harakatlari
malakasi, layoqati, odat va ko‘nikmalari ifodalanishi o‘rta arifmetik
darajada olingan shaxs sifatlaridan hamma vaqt ortiqligi bilan
individuallik ajralib turadi. buni ijtimoiy tarix misollari yetarlicha
tasdiqlaydi. masalan, O‘zbekistonda xi–xv asrlarda yashagan
mutafakkirlar falsafa, fan, din va san’atda shunday yangiliklarni
berdiki, bular nafaqat o‘z davri uchun yuksak ravnaqni bildirgan
va yana undan keyingi davrlarda ham ko‘pgina xalqlar, xususan,
yevropaliklar tafakkuri rivojlanishi uchun zarur turtki bo‘ldi. har
qanday inson individi o‘ziga xos salohiyati bilan dunyoga keladi.
hamma gap bu salohiyatni qay tarzda ro‘yobga chiqarishdan
iboratdir.
Dostları ilə paylaş: