48
•
individuallik – «individ» atamasidan yasalgan bo‘lib,
insonning noyob xususiyatlarini ifodalaydigan tushuncha.
Savollar va topshiriqlar
1. «inson»
va «individ» tushunchalari o‘zaro qanday nisbatda?
2. «individuallik» tushunchasida insonning salbiy xususiyatlari
ifodalanadimi?
3. individualligi aniq ifodalangan inson bilan o‘rtacha
inson
sifatlari teng bo‘la o
ladimi?
10-§. Shaxs – inson tadrijining yuksak bosqichi*
inson rivojlanishining individ bosqichi eng uzoq davom etadigan,
izchillikni taqozo qiladigan davrdir. bu bosqichda uning asta-sekin
shaxsga aylanish jarayoni boshlanadi.
individning shaxsga aylanishida, bosh-
qacha
aytganda, insonning individ bos -
qichidan shaxs bosqichiga o‘tish jara-
yo nida jamoa a’zosi
sifatidagi imkoniyatlari, ijtimoiy-ahamiyatli
belgilari qat’iy tizim shaklida qaror topadi. ya’ni, fe’l-atvori shakl-
lanadi.
«Shaxs» tushunchasida uning atrof-muhitga munosabatini
bildiradigan ijtimoiy-ruhiy sifatlarining ichki muayyan yaxlitligi
ifodalanadi. Shaxs bo‘lish degani, birinchi navbatda, o‘zining ichki
qadriyatlar dunyosini shakllantirishni, tevarak-atrofga, eng avvalo,
ijtimoiy hodisalarni anglash, uning mohiyatini tushunish orqali
qadriyatiy-tanqidiy munosabatga ega bo‘lishni bildiradi.
Insonning shaxs sifatidagi qadriyati uning o‘zligidan, fiziologik
mavjudligidan ajratib olingan tarzda mavjud emas. shu bilan birga
aytish mumkinki, istagan inson shaxs bo‘la olmaydi, lekin, har qanday
shaxs – bu insondir. u tashqi muhitga faqat biologik moslashuv natijasi
sifatida shakllana olmaydi. balki, sotsiumda, aniqrog‘i,
uning turli
darajalarida qaror topadi va unga ma’lum darajada bog‘liq bo‘ladi.
shunga ko‘ra, sotsiumning turli darajalarini o‘rganadigan barcha fanlar
doirasiga shaxs masalasi ham kiradi. xususan, inson tanasi tuzilishi va
faoliyatini o‘rganadigan biologiya va boshqa fanlardan farqli o‘laroq
Dostları ilə paylaş: