49
jamiyatshunoslik, ruhshunoslik, ta’limshunoslik
kabi qator fanlar
shaxs masalasini o‘rganishga ehtiyoj sezadi.
shaxs va sotsium bog‘liqligida,
dastavval,
kishilar o‘rtasidagi mavjud munosabatlar
jamuljam bo‘ladi. ibtidoiy tuzumning
sodda jamoachiligi inqirozga yuz tutishi
tufayli kishilar bir-biridan «ichki» dunyosi va manfaatlari bilan o‘zaro
farqlanib, shaxs bosqichiga ko‘tarilib boradilar.
shaxsning sotsium bilan munosabatlari o‘ziga xos jihatlarga
ega. shaxsning o‘zligi, dastavval, uning muayyan darajadagi
mustaqilligidir. u shu holati bilan sotsium hayotining barcha
sohalarida ishtirok etadi. albatta, gap bu borada ko‘proq yetuk shaxs
to‘g‘risida boradi. lekin yangi tug‘ilgan insonning shaxs bo‘lish
imkoniyati faqat sotsiumda vujudga keladi.
shaxs shakllanishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatadi
va konkret
shaxs boshqa oddiy insondan nimasi bilan farqlanadi, degan savol
qo‘yilsa, unga javob berish xiyla qiyin. negaki, bu jaroyonda juda
ko‘p omillar ishtirok etadi. ularning
ichida ijtimoiy muhit katta
mavqega ega. uni quyidagicha tasnif etish mumkin:
Birinchidan, har bir insonga bo‘lgan global ta’sir, ya’ni, radio,
televideniye, matbuot, kino va hokazolar orqali axborot almashuvi;
Ikkinchidan, mamlakat va mintaqa miqyosidagi ijtimoiy ta’sir
insonni mavjud shart-sharoitlar doirasida inson dunyoga kelishidan to
hayotdan ko‘z yumgunigacha o‘z orbitasida tutib turadi;
Uchinchidan, insonni avvalboshdan o‘rab turgan mikromuhit –
oila, maktab, mahalla va hokazolar o‘z ta’siriga oladi.
Oila bioijtimoiy sifatga ega bo‘lgan tuzilma bo‘lib, jamiyatning
barqaror va dastlabki bo‘g‘inidir. Oilada go‘dak
ilk bor ijtimoiy-
madaniy qadriyatlarni anglamagan holda o‘zlashtiradi va ular zamirida
faolligini asta-sekinlik bilan oshirib boradi.
Maktab, turli ijtimoiy guruhlar (masalan, tengdoshlar, sport
uyushmalari va boshqalar) bilan muloqot davomida madaniy
ideallik qaror topa borib, shaxs shakllanishining muhim manbasiga
aylanadi.
har qanday
jamiyat madaniyatida inson
shaxsining yetukligi darajasi to‘g‘risidagi
tasavvurlar ishlab chiqilgan. masalan,
yunon madaniyatida aqliy barkamollikka erishgan shaxs ideali ilgari
surilgan bo‘lsa, sharq madaniyatida insonning dono, botir, kamtar
Dostları ilə paylaş: