50
va odillik kabi aqliy, axloqiy, jismoniy sifatlari ideal hisoblangan.
sanoatlashgan jamiyatlar rivojlanishi sharoitlarida, deylik, yevropada
ishbilarmon, tadbirkor inson shaxsi ideali markaziy o‘rin tutadi.
shaxsning madaniy ideali u mansub bo‘lgan millat,
ijtimoiy
guruhda amalda bo‘lgan qadriyatlar doirasida shakllanadi va
rivojlanadi. bu yerda shuni ta’kidlash joizki, shaxsning ideali millat
yoki undagi turli guruhlar uchun tirik bo‘lgan idealdan farq qilinmog‘i
lozim. madaniy idealda sotsium rivojlanishi o‘z aksini topgan bo‘ladi.
shunga ko‘ra, shaxsning madaniy ideali uning jamiyat hayotining turli
sohalaridagi faoliyati «ohang»lari va maqsadini o‘z
ichiga qamrab
oladi.
shaxs o‘z madaniy idealini ro‘yobga chiqarishi uchun turli-tuman
ijtimoiy guruhlar doirasida muayyan mavqega ega bo‘lishi va muayyan
vazifalarni, rollarni o‘zgalardan farqli holda bajarishi lozim. bular esa
shaxsning guruhlar orasidagi betakror faolligi tufayli yuz beradi.
Faollik obyektiv ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lib, inson hayotining
barcha jihatlarini qamrab oladi va u har qanday holatda ham harakat
va munosabatdan boshlanadi.
shaxsning jamoa o‘rtasidagi vazifasi
va o‘rni to‘g‘risidagi
masala bevosita
uning huquq va majburiyatlari bilan
ham bog‘liq.
bularda sotsium tarkibiy
qismlarini tashkil etgan ijtimoiy guruh a’zolari rioya qilishi zarur
bo‘lgan qoidalar belgilangan. guruhda
qabul qilingan qonunlarga
ko‘ra har bir shaxs boshqalar bilan tegishli huquqiy munosabatda
bo‘lishi kerak. majburiyatlar esa shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan
guruhda egallab turgan vazifalarga muvofiq keladigan xatti-harakatlar
qilishdan iborat bo‘ladi. boshqacha qilib aytganda, shaxsning ijtimoiy
vazifalarni bajarishi – bu faqat unga xos bo‘lgan shaxsiy sifatlarini
ham namoyon etishdir. masalan, rahbar (lider)
vazifasini bajarish
uchun shaxs irodali, dadil, o‘ziga ishongan bo‘lishi
bilan birga
hormay-tolmay ishlashi, fidoyilik ko‘rsatishi lozim.
Shuningdek,
o‘quvchi, ota-ona, harbiy xizmatchi, shoir, tabib, me’mor,
jamoat
arbobi va boshqalarning ham o‘z shaxsiy va kasbiy fazilatlari, fe’l-
atvorlari, bajaradigan o‘z vazifalari mavjud.
ijtimoiy guruhlar o‘z a’zolarining xatti-harakatlarini hech vaqt
nazoratsiz qoldirmaydi. balki ularni doimo baholab boradi. bu esa
shaxsdan o‘z ijtimoiy mas’uliyatiga jiddiy munosabatda bo‘lishni talab
etadi. ayni vaqtda, vazifalarning bajarilishi g‘oyat murakkab kechadi.
Dostları ilə paylaş: