53
bu shaxsning obyektiv voqelikka nisba-
tan turli darajada va shakllarda ifoda-
lanadigan xatti-harakati, his-tuyg‘ulari,
fikr-o‘ylari, manfaati, o‘zi a’zo bo‘lgan eng oddiy guruhdan insoniyat
va jamiyatgacha bo‘lgan barcha bosqichlardagi o‘rni va hokazolarni
bilib olganligidir. buning natijasida shaxsning turmush faoliyatini
oqilona boshqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘z navbatida, o‘z-o‘zini
boshqarish negizida shaxsning o‘zini takomillashtirish, ro‘yobga
chiqarish ta’minlanadi.
bunda shaxs faoliyati, ma’naviy olami tahlil obyekti sifatida
olinsa – bu
refleksiyadir (lotincha:
orqaga qarash). unda shaxs
o‘z ma’naviyatining o‘ziga xos jihatlarini bilishi, o‘z harakatlarini
mulohaza qilishga, baholashga intilishini ifodalaydi.
shaxs o‘zining tabiati, uni o‘rab turgan olamning mohiyati,
mazmuni va holati jihatidan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan,
e’tiqodga aylangan, turmush ehtiyojlari bilan uzviy bog‘langan
qarashlarning umumiy ko‘rinishiga ega bo‘ladi. bular, eng avvalo,
olam haqidagi yaxlit bilimdir. shaxs bilish jarayonida o‘z faoliyatini
namoyon etib, qarashlarida voqelikni nafaqat qanday bo‘lsa o‘shanday
aks ettiradi, balki uni muayyan tarzda
baholaydi. demak, shaxsning
bilimi uning ma’naviy dunyosini boyitadi,
bilim-baho va
bilim-
munosabat esa uning ijtimoiy mavqeyi va turmush tamoyillarini
shakllantirishga ko‘mak beradi. bulardan ko‘rinadiki, shaxs
qarashlari faqatgina bilimlardan iborat bo‘lmay, balki uning voqelikka
munosabatini ifodalaydigan
e’tiqodlar tizimi hamdir. shaxs qarashlari
fanga muvofiq, mantiqan izchil, taraqqiyparvar, aql tarozisidan o‘tgan
(ratsional) yoki fanga zid (irratsional), reaksion bo‘lishi mumkin.
ijtimoiylashuv tufayli inson shaxsi o‘z sifatlarini namoyon etib,
turmush sharoitini o‘zi yaratadigan mehnatkash, mol-u mulk egasi,
moddiy va ma’naviy qadriyatlar iste’molchisi, siyosiy-huquqiy
jarayonlar ishtirokchisi bo‘lgan fuqarolar hamda sotsiumning ilk
barqaror bo‘g‘ini bo‘lgan oila a’zosi vazifalarini ado etishga qodir
bo‘ladi.
shaxsni ifodalaydigan muhim jihatlardan
ayrimlari ma’lum shart-sharoitlar ta’sirida
shaxsning o‘ziga, tabiatiga zid sifatlarda yuzaga kelishi mumkin.
natijada shaxsiy yaxlitlikda u o‘z imkoniyatlarini to‘la-to‘kis namoyon
Dostları ilə paylaş: