55
Asosiy tushunchalar
•
ijtim
oiylashuv – inson shaxsining qaror topishi jarayonlari va
uning omillarini ifodalaydigan tushuncha.
•
«mEn» – shaxsning o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlarining barqaror
yig‘indisi bo‘lib, bunda uning o‘ziga va boshqalarga bo‘lgan
munosabatlari ifodalanadi.
•
Begonalashuv – shaxs faoliyati
natijalarining unga qarama-
qarshi turgan mustaqil kuchga aylanishi.
•
Shaxsiyatparastlik – bir tomondan, inson «men»ining
notanqidiy va noo‘rin
ilgari surilishini bildirsa, ikkinchi
tomondan, qo‘yilgan shaxsiy maqsadga erishish yo‘lida
tashabbus va tadbirkorlik ko‘rsatishni angl
atadi.
Savollar va topshiriqlar
1. shaxs bo‘lishda madaniy-ijtimoiy aqidalarning o‘rni qan-
day?
2. shaxs shakllanishi ijtimoiy omillarsiz ham amalga osha-
dimi?
3. Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi va refleksiya etishi o‘zaro
qanday bog‘langan?
4. begonalashuv shaxs hayotida zaruriy hodisami?
5. begonalashuvni bartaraf etish mumkinmi?
12-§. Shaxs: erkinlik va demokratiya
erkinlik butun ijtimoiy tarix davomida insoniyat va inson shaxsi
hayotining dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Chunki erkinlik
ijodiy,
yaratuvchi, faol, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sari harakat
qiluvchi insonning ehtiyoji bo‘lib, uning tabiati bilan bog‘liqdir.
inson hayoti g‘oyat murakkab
aloqadorliklar orqali kechishi,
munosabatlari g‘oyat xilma-xil sohalarda namoyon bo‘lishi tufayli
uning erkinligi ham ko‘p qirrali.
dastavval, buni so‘z erkinligi,
shaxsning
tanlov erkinligi, diniy e’tiqod erkinligi va hokazolarda
ko‘rish mumkin.
erkinlik nima,
degan savolga berilgan
javoblar ichida, dastavval, uni voqelik –
Dostları ilə paylaş: