62
g‘arbiy yevropa xalqlarining ijtimoiy taraqqiyoti tezlashuviga ham
ko‘mak berdi. buni o‘tmishda bo‘lganidek, hozirgi ingliz, fransuz,
italyan va boshqa xalqlar tarixchilari ham chuqur e’tirof etadilar. bu
mamlakatlarda ulug‘ amir temur haqida xolis ilmiy tadqiqotlardan
tashqari, boy badiiy adabiyot ham yaratilgan.
amir temur jahon
rivojlanishining keyingi taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shgan buyuk
shaxsdir.
temuriylar shajarasidagi ko‘pgina hukmdorlar, xususan,
Mirzo
Ulug‘bek, Shohruh, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Bobur o‘zbek xalqi
tarixida katta o‘rin tutgan shaxslardir. boburning movarounnahrdan
hindistonga borib, turli din va tillar sharoitida markazlashgan davlat
tuzganligiga, boburiylar bu mamlakat
tarixida nihoyatda salmoqli
ishlar qilganligiga hindistonning mashhur siyosiy va davlat arbobi
Javoharla’l neru juda katta baho bergan edi.
Jahon sivilizatsiyasi tarixida katta o‘rin tutgan buyuk shaxslardan
biri shoir, mutafakkir, davlat arbobi alisher navoiydir. aqsh sobiq
prezidenti R.Reygan alisher navoiy haqida gapirar ekan,
«Boy
madaniyatga ega bo‘lgan zaminda voyaga yetgan Alisher Navoiyning
samimiyati va nafosati, buyuk insonparvarlik g‘oyalari va siyosati
butun insoniyatga tegishli bo‘lgan qadriyatdir», degan edi.
O‘zbek xalqi tarixida tutgan o‘rni, o‘z xalqi taraqqiyotiga qo‘shgan
hissasi bo‘yicha amir temurdan so‘ng muayyan mavqe shayboniylar
sulolasidan chiqqan abdullaxon ii ga tegishlidir. bu siymo
movarounnahrda ulkan davlatni tuzib, iqtisodiyot, fan va madaniyat
ravnaqiga katta e’tibor bergan.
qadimgi rimlik mashhur mutafakkir
Tatsit tarixni hodisalarning
jonli
izlaridan borib yozmoq lozim, degan edi. shunday yo‘ldan
borilsa, tarixning betakror jarayonining mantig‘i ochiladi va bu jarayon
markazida turgan ijtimoiy kuchlar, uning dohiylari faoliyati obyektiv
baholanadi. binobarin, xalqimiz o‘tmishidagi
buyuk siymolarning
jamiyatni boshqarish va taraqqiyotga o‘tkazgan mislsiz ta’siri ko‘lami,
ahamiyati yorqinroq namoyon bo‘ladi. Rossiya mustamlakachiligi
turkistondagi mavjud ijtimoiy turg‘unlikni chuqurlashtirdi.
biroq
dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarning guvohi bo‘lish mahalliy
ziyolilarni xalq va yurt taqdiri xususida chuqurroq o‘ylashga majbur
etdi. Jadidlarning maydonga kelishi, xususan,
Mahmudxo‘
ja Behbudiy,
Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho‘
lpon va
Dostları ilə paylaş: