65
hayotini oliyjanoblik bilan tugatish imkoniyatini ko‘rgan. uning
fikrlariga ko‘ra inson ezoterik (ma’naviy)
mavjudot sifatida ilohiy
mohiyatga ega. bu uning o‘zi ustida ishlashi, o‘zini takomillashtirishi
va ilohiy dunyo sari intilganligida namoyon bo‘ladi. shuning uchun
ham o‘lim mas’ullikdir. ya’ni, ma’naviyatli inson, har tomonlama
komil va inson mohiyatini chuqur anglagan kishida o‘limdan qo‘rqish
tuyg‘usi bo‘lmaydi.
islom
dinida ham inson hayoti, uning
ma’nosi va o‘limi masalasi katta o‘rin
olgan. hayotning ma’nosi –
bu ruhning
salomatligi, doimiy rohat-farog‘atga
eltuvchi mehnat va bilimdir. inson o‘z hayotini xudbinlik,
nafs va
yovuzlikdan saqlamog‘i kerak.
insonning dunyoga kelishi, islom dini nuqtayi nazaricha, taqdirga,
ilohiy irodaga bog‘liq. inson o‘z taqdirini o‘zgartirishga qodir. Faqat
ana shu o‘zgartirish mazmuniga ko‘ra inson – bandaning ma’naviy-
ruhiy olamiga baho beriladi.
ayni vaqtda, inson bu olam go‘zalligi manbasidir. uning hayoti
orqali tabiat nafas oladi va yashaydi. tan ruhsiz yashay olmaydi.
binobarin, tabiatga zarar yetkazish – ruhga zarar yetkazish bilan
barobardir. islom dinida insonga tabiatdagi ruhiylikning ramzi sifatida
qaraladi.
insonning hayoti, o‘limi va
manguligi masalasi tasavvuf
tariqatlarida ham muhim o‘rin olgan. uning yirik ilk vakillari
Hasan
Basriy, Al-Muxsibiy, Junayd Bag‘dodiylar islomning monoteistik
talablariga muvofiq insonning mohiyati va hayot yo‘nalishini Olloh
belgilagan yo‘ldan borish, deb ko‘rsatganlar. O‘zbekiston hududida
yetishib chiqqan so‘fiy mutafakkirlar –
Abduxoliq G‘ijduvoniy, Ahmad
Yassaviy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshband ta’limotlarida
hayotning ma’nosi, o‘lim va mangulik masalalari insonning ilohiy
mohiyatini
bilishga intilish, halol mehnat qilib boshqalarga mehr-
muruvvatli, rahm-shafqatli bo‘lish kabi fazilatlar bilan bog‘liq
ravishda yoritiladi.
yevropada
yangi zamon sharoitlarida
sharq falsafasi ta’siri ostida hayot va
o‘lim masalalariga
yangicha qarashlar
shakllandi. Jumladan, hayot va o‘limni
Dostları ilə paylaş: