77
iv B o B. JAmiYAT hAYoTininG
ASoSiY SohAlARi
17-§. ma’naviyat sohasi*
Jamiyat a’zolari uning asosiy jihatlari ning
tashuvchilari bo‘lgan kishilar ichki dunyo-
larida bir tomondan o‘zlariga tegishli,
ikkinchi tomondan esa umumijtimoiylikni
ifodalagan eng oddiy his-tuyg‘u, hayajon, hissiy bilish, tajriba,
odatlardan tortib ruhiyatning oliy bosqichi darajalari va ko‘rinishlari
qadriyatlarigacha joylaydilar. ma’naviyat deb ataladigan ichki tuzilma
kishilar moddiy borlig‘iga muqobildir. ma’naviy hodisalar takror hosil
etib turishlikni taqozo etadi. bular tegishli sohalar qadriyatlari bo‘lib,
o‘z navbatida madaniyat umumiy tizimi tarkibiga kiradilar.
madaniyat kishilarning va ular mansub bo‘lgan jamiyatning
keng ma’noda olingan bilish, axloq-odob, adabiyot va san’at, falsafa,
huquq, din va hokazolarni o‘z ichiga oladi. bu hodisalar mavjudligi
bilan bog‘liq holda tegishli tashkilotlar va muassasalar faoliyati
ham ma’naviylik kasb etadi. barcha holatlarda bularning ma’naviy
mohiyati borliq to‘g‘risidagi axborotlardan nechog‘lik xabardorligini
taqozo etadi. aniqrog‘i, jamiyatda axborotlar muayyan tarzda
yig‘iladigan, saqlanadigan va qayta ishlanadigan soha ma’naviyat
sohasidir. inson shunday tuzilganki, u «sof holda» olingan axborotni
shunchaki qayd etib qolmaydi, balki undan foydalanadi. bu
axborotning moddiy tashuvchisi miyada joylashgan bo‘lib, inson
uning borligini bilsa-da, lekin his eta olmaydi.
ziyolilar alohida ijtimoiy guruhni, so‘ng-
roq qatlamni tashkil etadi. ular kasbiy
jihatdan asosan murakkab aqliy faoliyat
bilan shug‘ullanadilar. ayni vaqtda, ular
faoliyati ma’naviy-amaliy xarakter ham kasb etishi mumkin. masalan,
ma’naviy qadriyatlarni taqsimlash, tarqatish va iste’mol masalalari
muayyan mutaxassislarning nazorati bo‘lishligini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: