78
ijtimoiy voqelikni ma’naviy-axloqiy o‘zlashtirish mavjud ja-
miyatda amalda bo‘lgan huquqiy, axloqiy, diniy va hokazo me’yorlar
tizimi doirasida amalga oshadi. agar huquqda bular davlat hokimiyati,
jamoa tashkilotlari tomonidan belgilangan
va nazorat qilinadigan,
shuningdek, ilgaridan davom etib kelayotgan an’anaviy me’yorlar
bo‘lsa, axloqda boshqacha tarzda mavjuddir. unda jamiyat tomonidan
kishilarning ezgulik, adolat, burch, sha’n va bularning muqobillari
to‘g‘risidagi axloqiy bilimlariga muvofiq belgilanadi va jamoatchilik
fikri kuchi bilan nazorat qilinadi.
dinda bulardan farqli o‘laroq ijtimoiy me’yorlar
kishilarning
Olamni, shu jumladan, kishilarning o‘zini
ham yaratgan xudo
to‘g‘risidagi tasavvurlarga tayanadi.
ziyolilar qadimda aytarli badavlat bo‘lmagan erkin fuqarolardan,
undan keyingi asrlarda bir qismi mehnatkash ommaning, shu
jumladan, kambag‘al tabaqaning ham iqtidorli vakillaridan yetishgan.
bunday hol kishilik jamiyati tadrijining
keyingi bosqichlarida ham
garchi saqlangan bo‘lsa-da, ammo ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan
katta ijtimoiy ehtiyoj tufayli ziyolilar safi tobora keng xalq ommasi
vakillari hisobiga to‘lib bormoqda.
hozirgi vaqtda barcha rivojlangan davlatlarda ziyolilar mavjud
ko‘pchilik – O‘rta qatlamning asosiy
qismini tashkil etadilar va
xizmat ko‘rsatuvchi barcha sohalarda ularning soni tobora oshib
bormoqda. bunda ta’lim tizimining o‘rni,
ahamiyatining qanday
bo‘lishi, o‘z-o‘zidan, ravshandir. hozirgi jamiyatda yuksak bilimli,
o‘ziga ishongan, mas’ul
qarorlar qabul qilishga tayyor, zamonaviy
texnika va texnologiyadan zarur darajada
xabardor mutaxassisni
faqat maxsus tayyorlash mumkin. masalan, shvetsiyada bu maqsadda
har bir o‘quvchiga individual yondashiladi. mamlakat bo‘yicha
har 9 o‘quvchiga bitta o‘qituvchi to‘g‘ri keladi. yoki germaniyada
texnik ta’lim ko‘zdan kechirilsa, ma’lum bo‘ladiki, bu yerda rasman
ma’lumot olish uchun 4 yildan kam bo‘lmagan vaqt ajratilgan. lekin
talabalarga chuqur mutaxassis bo‘lish uchun 6–7 yil o‘qish berilgan.
Chunki firmalarga diplom egalari emas,
balki mutaxassislar kerak,
shunga ko‘ra talabalar vaqtni qizg‘anmasdan ixtisoslik egallaydilar.
zamonaviy ta’lim tashkiliy-huquqiy jihatdan O‘zbekiston Res-
publikasida eng yuksak talablar darajasida yo‘lga qo‘yilgan. endigi
vazifa mas’uliyat bilan mutaxassislar tayyorlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: