80
inson quvvatining nechog‘li oqilona
sarf etilganligi
mehnat unumdorligining
darajasini belgilaydi. uning unumdorligini
oshirish vazifalari tufayli
ilk mehnat taqsimoti – chorvachilik kelib
chiqqan, hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqqan. qadimdan
hozirgacha mehnat taqsimotining ko‘pdan ko‘p shakllari yuzaga
kelgan. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘linishi va o‘tmishda
chorvadorlar
ovulidan dehqonlar qishlog‘i, undan shahar ajralib
chiqqan. bu esa o‘z navbatida ishlab
chiqarishning texnologiyaviy va
tashkiliy jihatlarini kuchaytirmasligi mumkin emas edi.
ishlab chiqarishda fan va amaliyot
talab lari asosida ta’sir etuvchi usul – bu
texnologiyadir. ushbu ta’sir
muayyan
texnika (lotinchada
«texnika», «mahorat», «san’at» ma’nolarini
anglatadi) yordamida amalga oshiriladi.
ishlab chiqarishning
tashkiliy jihatlari – bu mehnat faoliyatini turli
ko‘rinishlarda yo‘lga qo‘yish, uning texnologiyaviy, tarmoq, hududiy
taqsimlanishi, mehnatning ixtisoslanishi, shirkatchilik va hokazolarni
ifodalaydi.
texnika
taraqqiyoti fandagi chuqur
o‘z ga rishlarsiz yuz bermaydi. hozir
esa bu o‘zgarishlar bir vaqtning o‘zida
yuz
beribgina qolmay, balki sifat xusu-
siyatlariga ham ega bo‘lgani uchun
fan-texnika inqilobi (Fti)
deb atalmoqda. namoyon bo‘lishiga ko‘ra Fti o‘zining hozirgi
bosqichida
mikroelektronika, biotexnologiyaning rivojlanishi, yalpi
kompyuterlashtirish va hokazolardan iborat bo‘lmoqda.
ishlab
chiqarishni tashkiliy-iqtisodiy va
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. bulardan birinchisi ishlab
chiqarishni tashkil etish jarayonida kelib chiqadigan munosabatlarni
ifodalasa, ikkinchisi mulk munosabatlarini aks ettiradi.
mulk tushunchasi inson o‘ziga tegishli bo‘lgan narsalar, shu
jumladan, o‘zining hayotini, jismoniy va ma’naviy kuchlarini tasarruf
etish huquqiga ega bo‘lgandagina yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: