Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Asosiy tushunchalar

Bos
hqaruv – qo‘yilgan maqsadga erishish uchun qonun 
kuchiga tayanib ta’sir o‘tkazishdir. bunda boshqaruvchi va 
boshqariluvchi munosabatlari yuzaga keladi.

davlat – ijtimoiy boshqaruvning eng katta va maxsus 
tashkiloti.

Siyosat – davlat hokimiyati bilan bog‘liq munosabatlar, ularni 
tushuntiradigan ta’limotlar hamda amalga oshiradigan tashkilot 
va muassasalar faoliyatining jami.
Siyosiy soha
iv bob. Jamiyat hayotining asosiy sohalari
www.ziyouz.com kutubxonasi


86

Siyosiy partiyalar – aholining avangard qismi bo‘lib, muayyan 
manfaatlarga (masalan, davlat hokimiyatiga) erishish uchun 
faoliyat ko‘rsatadigan guruh.

Partiyaviy tizim – nechta partiya va qanday sharoitda ish olib 
borayotganligini ifo
dalaydigan tushuncha.
Savollar va topshiriqlar
1. Jami
yat siyosiy sohasini uning boshqa sohalari bilan aloqasini 
mulohaza qiling.
2. siyosiy soha tarkibiga nimalar kiradi?
3. O‘quvchilar siyosat obyektimi yoki subyekti?
4. partiyalar faoliyati har doim oqilona tashkil etiladimi?
5. O‘zbekiston Respublikasidagi partiyaviy tizim haqida mulo-
haza yuriting.
21-§. ijtimoiy institutlar
murakkab tuzilma bo‘lgan jamiyat ichida 
harakatlanuvchi kuchlar shunday darajada 
o‘zaro bog‘liqki, ularning alohida olingan 
har bir xatti-harakati oqibatlarini oldindan ko‘rish iloji yo‘q. shunga 
ko‘ra, sotsiumning qaysi darajasida olinishidan qat’i nazar mavjudligi 
va rivojlanishi uning a’zolari – kishilar faoliyatining shakli bo‘lgan 
ijtimoiy institutga bog‘liq bo‘ladi. «institut» atamasi fanda ko‘p 
ma’nolarda va ko‘p o‘rinlarda qo‘llaniladi.
ijtimoiy institut kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni, ularning xatti-
harakatlarini tartibga soluvchi, jamiyatda barqarorlikni ta’minlovchi 
vosita hisoblanadi. Odatda eng muhim, eng zarur darajadagi 
institutlarga oilaviy, siyosiy, iqtisodiy, ta’limiy va diniy tuzilmalar 
kiradi. hozirgi rivojlangan jamiyatlar sharoitida fan qadriyatlari 
tobora muhim ahamiyat kasb etib borgani sari uning standartlarini ham 
institut jumlasiga kiritish mumkin.
insoniyat tarixining har bir bosqichi o‘zidan oldingisidan 
institutlarning soni va salmog‘ining oshib borishi bilan tavsiflanadi. 
buni hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan institutlar ko‘lami misolida, 
ayniqsa, yaqqol ko‘rish mumkin.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin