88
tashkilotning rasmiylashuvi, ya’ni, tuzi-
lishi, yaratilishi
bilan ilgaridan mavjud
konkret jamoa guruhi ko‘rinishini oladi.
Albatta, bu hamfikrlilar, ishqibozlar yoki
biron-bir obyektiv tarzda
uyushganlar va hokazolar jamoasi, ya’ni, tashkilotidir.
tashkilotlar tabiati, bajaradigan vazifalari, qo‘llaydigan usullari va
hokazolariga ko‘ra turlicha bo‘ladi:
1. Rasmiy tashkilotlar me’yorlar, maqomlar va aloqadorliklarning
ijtimoiy shakllanishi natijasida inson hayotidagi istagan voqea –
tug‘ilish, nikoh yoki o‘lim va hokazolar albatta qayd etiladi. bu
maqsadda tegishli hukumat idoralari faoliyat yurutadi.
2. norasmiy tashkilotlar – shaxslar
yoki ularning guruhlari
o‘rtasida o‘z-o‘zidan yuzaga chiqadigan munosabatlar tizimini
ifodalaydi.
3. Rasmiylikdan tashqari tashkilotlar – masalan, sport ishqiboz-
larining, pochta markasi to‘plovchilarning
va boshqalarning
tashkilotlari.
ayrim rasmiy tashkilotlar byurokratik tizimga jiddiy darajada
moyilligi bilan ajralib turadi. «byurokratiya» (aynan ma’noda
«muassasa» va «boshqaruv») atamasi 1745-yilda
birinchi marta
fransuz ijtimoiyotshunosligida
de Gurne tomonidan amaldorlarning
hokimiyati ma’nosida qo‘llangan. byurokratiya bir tomondan
samarasizlik, sarf-xarajatdorlik, qog‘ozbozlik kabi illatlarni bildirsa,
boshqa tomondan, muayyan kishilar nazarida tashkilot ishini yo‘lga
qo‘yishda
samarali ishlash, aniqlik, puxtalik modelini ham anglatadi.
masalaga oqilona yondashilsa, haqiqat
bu qarama-qarshilikning
o‘rtasidadir.
yuqoridagilarning hammasi jamiyat hayotining asosiy sohalarini
tashkil etibgina qolmay, ular o‘rtasidagi munosabatlarni belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: