93
nishda insonning o‘rni tarixda lozim darajada aks etmaydi. holbuki,
tarix, dastavval, inson tarixi – kishilar tarixidir.
ularning tarixi
doirasidagina moddiy jarayonlar o‘tmishning mazmuni, mohiyati
ifodalanadi.
xx asrga, ayniqsa, uning oxirlariga kelib
ijtimoiy dinamizmning
doiraviy tarzda
yuz berishi to‘g‘risidagi qadimdan mavjud
bo‘lgan qarashlar yangi mazmun kasb etib, tarqala boshladi.
darhaqiqat, insoniyat tarixida voqealarning
muayyan maromda
yuz berishi va takrorlanishi sharqda ham, g‘arbda ham e’tiborda
bo‘lgan. asta-sekin kishilik dunyosi rivojlanishining
davriy tarzda
yuz berishi g‘oyasi shakllangan.
hozirgi davrning mashhur tarixchisi
F.Brodelning (Fransiya)
ta’kidlashicha,
tarixiy voqealar – bular changlar, ulardagi asosiy jihat
davriyliklardan iboratdir. bunda jarayonlar boshlanganidan ularning
tugashigacha bo‘lgan vaqt olinadi.
davriy o‘zgarishlar ikki xil tarzda:
tizimiy-mutanosiblik va
tarixiy shakllarda kechishi qayd etiladi. ulardan birinchisida
ijtimoiy o‘zgarishlar bir sifat holati doirasida kechib, olingan natija
ikkinchi sifat o‘zgarishlari uchun ilk nuqta bo‘ladi, deb hisoblanadi.
ko‘rinadiki, bunday shaklda kechayotgan davriylik tufayli ijtimoiy
holat mo‘tadilligi ta’min etiladi.
davriylikning tarixiy shaklida
mutaxassislar nazarida, umuman
kishilik jamiyati ko‘rinishlari, xususan, uning aniq olingan tarkibiy
qismlari
muayyan muddat yashab, so‘ngra ularni tugatadi. albatta,
bunda tugayotgan ijtimoiy organizm bilan uning o‘rniga kelayotgan
tuzilma o‘rtasida muayyan zarur bog‘lanishlar bo‘ladi.
yuz berishi xillariga ko‘ra davriylikni qaysi tizimda kechishiga
ko‘ra
mayatniksimon (kichik tizimda),
doiraviy (o‘rtacha kattalikdagi
tizimda),
to‘lqinsimon (katta tizimlarda) va hokazo ko‘rinishlari farq
etiladi.
borliqning o‘zaro mos holatini ifoda-
laydigan muhim jihat harakatning ilgari-
lama yo‘nalganligi – taraqqiyotdir.
bu haqdagi
tasavvurlar qadimdan
ma’lum. lekin nasroniylik dini insonning axloqiy takomillashuvi
doirasida taraqqiyot tamoyilini xiyla to‘laroq ravishda kun tartibiga
Dostları ilə paylaş: