96
•
ijtimoiy dinamizm – ijtimoiy
hayotning doimo harakatda
ekanligini ifodalaydigan tushuncha bo‘lib, statik holatga
muqobil hisoblanadi.
•
ijtimoiy taraqqiyot (progress) – jamiyat tarixining ilgarilama
yo‘nalganligi bilan bog‘liq holati.
uning muqobili regress
(orqaga qaytish) hisoblanadi.
•
Taraqqiyot mezoni – ijtimoiy o‘zgarishlar ko‘lamini bel-
gilashda turli ta’limotlarda ilgari surilgan omillar va o‘lchovlar
birligi.
Savollar va topshiriqlar
1. tarixni insoniyat tarixisiz tasavvur etish mumkinmi?
2. «tarix» va «sotsium» tushunchalari qanday nisbatda?
3. «Jamiyat» va «tarix» tushunchalari qanday nisbatda?
4. tarixiy jarayonlar haqida diniy qarashlar?
5. tarixiy jarayon mantiqidan
taraqqiyot fenomeni kelib
chiqadimi?
6. tarixiy taraqqiyotning obyektiv mazmunini qaysi jihatlar
belgilaydi?
7. taraqqiyotni qaysi obyektiv mezonlarga ko‘ra
aniqlash
mumkin?
23-§. Sotsiumdagi o‘zgarishlarning
funksional tavsifi
sotsium o‘zgarishi mexanizmini o‘zlash-
tirmasdan kishilar hayoti tizimiy tuzi lishi
va uning vaqtli dinamikasi to‘g‘risida
muayyan tasavvur hosil etilmaydi. sot-
sium ning o‘zgarishi esa uni tashkil etgan tomonlar, munosabatlar va
aloqadorliklarning har birining muayyan vazifani bajara olishidan
iboratdir.
murakkab tuzilmali
tizimlar tabiati shundayki, ularning har
biri ko‘p o‘lchamli o‘z funksional bog‘liqligiga ega. shunga ko‘ra,
jamiyatning o‘z-o‘zini
tutib turishi, o‘z yaxlitligini saqlashi,
uning
barcha bosqichlarida alohida-alohida olinganida ham funksional
bog‘lanishlarning ifodasidir. ya’ni, har bir tuzilma o‘z tizimi ichida
Dostları ilə paylaş: