Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Sotsiumdagi 
o‘zgarishlar shartlari
ikkinchi bo‘lim. Jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli
www.ziyouz.com kutubxonasi


97
yaxlitligiga ega. bu yaxlitlik tuzilma darajasidagi kichik funksionallik 
bilan ta’minlanadi.
Jamiyat holatining funksional tahlilida uni tashkil etgan qismlar 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarning xarakteri va yo‘nalganligi masalasi 
hamisha muammoli hisoblanadi. eng umumiy tarzda bu masalaga doir 
qarashlarni bir necha guruhga bo‘lish mumkin.
bu yo‘nalishda sotsiumning tashkiliy 
shakllanishidan tortib, uning turli dara-
jalari funksional mavjud bo‘lishigacha 
barcha bosqichlardagi holati Oliy yaratuvchi xohish-irodasiga
bog‘liq ekanligi asoslanadi. Jamiyatni nima harakatga keltiradi 
va uning manbasi qayerda, degan masala diniy fenomenning ilk
ko‘rinishi bo‘lgan asotirda dastavval ifodasini topgan. masalan,
yunon shoiri Gesiodning (yangi eradan avvalgi v asr) poemasida 
quyidagicha hikoya qilinadi: Olimp tog‘idagi xudolar insonning 
birinchi avlodini baxtli qilib yaratdilar. bu avlod yashagan davr oltin 
asr bo‘lgan.
kishilar ikkinchi asrda, avvalgi oltin asrdagidek baxtli, kuch-
da ham, aqlda ham avvalgidek bo‘lmagan va xudolarga ham 
bo‘ysunmagan. bundan achchig‘langan Zevs ularni yer ostida 
yashashga majbur qilgan.
zevs yaratgan uchinchi zot va uchinchi – mis asri oldingilariga 
o‘xshamagan. kishilarning quroli ham, uy-joylari ham misdan 
qilingan. ular bir-birini shafqatsiz talaganlar.
To‘rtinchi asr va yangi kishilar zoti zevs tomonidan yarim xudo – 
qahramonlar sifatida yaratilgan bo‘lib, ularning barchasi keyinroq 
qonli urushlarda qirilib ketadilar.
so‘nggi beshinchi temir asri kishilar zoti yaratilganidan beri 
hozirgacha yashab kelmoqda. kishilar kechasi-yu kunduzi, tinimsiz 
ravishda og‘ir mehnatga mahkum etilganlar. ularga ba’zan xudolar 
tomonidan birmuncha ezguliklar ham yuborilib tursa-da, yovuzlik 
ko‘proq va hamma joyda mavjuddir. vijdon xudosi va adolat 
kishilarni tashlab Olimp tog‘iga ketib qolganlar.
kishilik dunyosi funksional holatining asotiriy tushuntiri-
lishi barcha xalqlarda mavjud. mohiyatan bu izoh keyinroq ancha 
o‘zgargan holda barcha monoteistik dinlarga ham o‘tgan. Iudaviylik 
dinning, shuningdek, nasroniylik dinining ham kitobi Injilda 
keltirilishicha, gunohlari uchun Odam va Yeva jannatdan quvilsa-da, 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin