Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

diniy yo‘nalish
4 – 661
v bob. ijtimoiy-tarixiy jarayonlar
www.ziyouz.com kutubxonasi


98
ularning avlodlariga e’tibor beriladi. xudo olamni suvga bostiradi, 
kishilarning o‘zaro munosabatlari me’yorlarini din amri sifatida aniq 
belgilab beradi. bu me’yorlardan to‘rttasida xudoning buyukligi, 
qolgan oltitasida esa ota-onani hurmat qilish, o‘g‘rilik, qotillik, 
bevafolik qilmaslik, yolg‘on guvoh bermaslik va yaqinlarining 
mulkiga, xotiniga, umuman, hech nimasiga ko‘z olaytirmaslik haqida 
gap boradi.
nasroniylik kishilik jamiyati turli holatlarini doimo diqqat 
markazida tutib keladi. bu dinning bosh g‘oyasi – insonning 
gunohkorligi va qutqarishlik masalasi hisoblanadi. Odam va yevadan 
boshlangan gunohi tufayli kishilar, insoniyatning barcha a’zolari 
o‘zaro tengdir. ular uch qiyofada namoyon bo‘ladigan yagona va 
buyuk xudoga e’tiqod qilib gunohlari uchun tavba-tazarru etishlari 
lozim, degan tushuncha mavjud.
nasroniylikda barcha ijtimoiy masalalar shaxs fenomenida 
jonlanadi. uning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy jihatlarida
xudo bilan munosabati avtonom, deb olinadi. shunga ko‘ra, u o‘z-
o‘zini baholash orqali dunyo taqdiriga mas’uldir.
islom dinida borliq holati me’yorlari barcha musulmonlar uchun 
qur’oni karimda ifodalab berilgan. bu – har kuni besh martalik 
namoz, ro‘za, zakot, imkon bo‘lganda muqaddas joyga kamida bir 
marta qilinadigan haj va hokazolardir. «albatta, osmonlar-u yerning 
mulki allohnikidir. u o‘zi tiriltiradi, o‘zi o‘ldiradi» («tavba» surasi, 
116-oyat).
Hindiylik dini yo‘nalishlaridan biri vishnuiylikda uchlik – braxma 
(olamni yaratuvchi), vishnu (olamni ehtiyot qiluvchi va homiy) va 
shiva (vayron etuvchi) mavjud deb qaraladi. vishnu inson zotini 
himoya qiladi, kishilar faoliyatini yo‘naltiradi. 
Buddaviylikda xudolar dunyoviy ishlarga aralashmaydi. yaxshi 
hayot kechirish insonning o‘ziga bog‘liq. lekin barcha uchun majburiy 
bo‘lgan «bironta ham tirik jonni o‘ldirmaslik», «o‘g‘irlik qilmaslik», 
«birovning xotiniga ko‘z olaytirmaslik», «yolg‘on gapirmaslik», 
«sarxush qiluvchi ichimliklar iste’mol qilmaslik» kabi qoidalar ham 
mavjud.
Jamiyat jarayonlarini o‘rganishda hamda 
uni funksional tomondan tushuntirishda 
monistik va plyuralistik yondashishlar 
farqlanadi. ulardan birinchisida sotsium holatini belgilovchisi 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin