99
sifatida
iqlim, o‘simlik va
hayvonot dunyosi, tog‘lar, dengizlar va h.k.
(geografik omil),
etnik va
irqiy jihatlar (zo‘ravonlik omili),
yashash
uchun kurash (biologiyaviy omil),
aholi soni, iqtisodiy manfaatlar va
sinfiy kurash (marksistik ta’limot) – moddiy omillar olinadi.
monistik yondashuv asosiga
ma’naviy-intellektual omillar, ya’ni,
inson aql-idrokining rivojlanishi,
ilmiy bilimlar, dunyoqarashlar va
diniy e’tiqodlar,
estetik zavqlanish, mehnat taqsimoti va hokazolar
ham qo‘yilishi mumkin.
Plyuralistik yondashuvga ko‘ra
kishilik dunyosi funksional
holatida belgilovchi va belgilanuvchi omillar bo‘lmay, ular bir-birini
to‘ldiradi, o‘zaro bog‘liq va taqozo etilgan holda mavjuddir.
sotsium tashkiliy shakllarning funksional tahlilida alohida
e’tiborga molik jihat –
birinchidan, kishilik
jamiyatining holatini
barqaror ta’minlash bo‘lsa,
ikkinchidan, uni takomillashtirish,
rivojlantirish masalasidir.
Jamiyat holatini barqaror ta’minlash vazifasi mazmuniga ko‘ra,
dastavval, bioruhiy-ijtimoiy mavjudot bo‘lgan insonning o‘zini har
doim uning turli faoliyati sohalari orqali takror ishlab chiqarishdan
iboratdir. barqarorlik turg‘unlikni
anglatmaydi, albatta. ijtimoiy
tizimning barqarorligiga
uni rivojlantirish, optimallashtirish orqali
erishiladi.
inson kishilik taraqqiyoti davomida jamiyat holatining barqarorligi
va rivojlanishi jihatidan ketma-ket tarzda quyidagi omillar ta’sirida
bo‘lgan:
1. tabiatning bevosita ta’siri – bunda
tashqi va ichki tabiiy
kuchlarning ta’sirida inson u yoki bu harakatni amalga oshiradi. lekin
tabiiylikning ham mutlaq xarakterga ega emasligi asta-sekin ma’lum
bo‘lib qoladi.
2. dinlar ta’siri – bunda kishilar o‘z xatti-harakatlari asosiga
muayyan ma’no qo‘ydilar. lekin bu omil
ham voqelikka zid kelib
qoladi.
3. axloq – kishilar xatti-harakatlari ma’nosidan qat’i nazar, o‘zlari
uchun yaxshi, zarur bo‘lgan faoliyatni amalga oshiradilar. keyinroq
uning ham inqirozi boshlanadi.
4. an’anaviylik – bu kishilarning qabul qilingan me’yorlar asosida
o‘z hayotlarini yo‘lga qo‘yishi bo‘lib, albatta, keyinroq bu ham
manfaatlarga to‘g‘ri kelmay qoladi.
Dostları ilə paylaş: