104
Uchinchidan, insoniyat ilgarilama harakatida u erishgan darajani
anglatgani bilan sivilizatsiya evristik – bilish ahamiyatiga molikdir.
bularga asoslanib sivilizatsiyaga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
unda keng ma’noda sotsiumning muayyan sifat holati, tor ma’noda esa
uning har bir tarixiy bosqichlari tashkiliy tuzilishi tamoyillaridan tortib
asosiy jihatlari namoyon bo‘lishining shart-sharoitlari yig‘indisigacha
barchasi tushuniladi.
hozirgi vaqtda «sivilizatsiya» tushunchasi ijtimoiy-gumanitar
fanlarda markaziy o‘rin tutmoqda. uning yordamida insoniyat tarixi
jarayonlarining turli-tuman kechishi masalalari to‘laroq
qamrab
olinadi.
tarixan ilk sivilizatsiyaning shakllanishi
miloddan avvalgi 17-yuzyillikka to‘g‘ri
keladi.
sug‘orma dehqonchilikka asos lan-
gan hayot neolit inqilobini yuzaga keltirgan.
Chorvachilik va
dehqonchilikning kelib chiqishi insoniyat tarixida birinchi mehnat
taqsimoti edi.
dehqonchilikni yo‘lga qo‘yishda murakkab irrigatsion ishlarni
bajarish uchun doimiy, o‘troq yashash zarur edi. O‘troqlikka o‘tish
bilan paydo bo‘lgan manzilgohlar anchagina qulayliklarga, ba’zan esa
tashqi devorlarga ega bo‘lganlar. bu esa boyliklar va tajriba nafaqat
jamoa tasarrufi ko‘rinishida, balki maxsus predmetlar (texnika)
shakli va miqdori ko‘rinishida ham to‘planib borganini anglatadi.
Faoliyat turlarining ko‘payishi
natijasida toshdan, yog‘ochdan,
suyakdan mehnat qurollari yasash, yerga ishlov berish, chorvachilik
va dehqonchilik xomashyolariga qayta ishlov berish,
kulolchilik
buyumlari yasash, uy-joylar qurish va hokazolarga erishildi.
Hunarmandchilik va
quruvchilikning (ikkinchi va uchinchi
mehnat taqsimoti) maydonga kelishi
yuqoridagi jarayonlarning
natijasi bo‘ldi. bularning barchasi sivilizatsiya kelib chiqishining
iqtisodiy jihati hisoblanadi. uning ijtimoiy
ifodasi esa ibtidoiy
kishilarda bo‘lgan zootsentristik, totemistik shakllarni bartaraf etib,
ular o‘rniga antropotsentristik, urug‘ shakllarini paydo bo‘lishini
bildirgan.
Sivilizatsiya kishisi iste’molchidan universal qadriyatlarni
yaratuvchiga aylangan. uning uchun axloqiy, so‘ngra esa huquqiy
me’yorlar va ularni amalga oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy tuzilmalar
zarur bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: