Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Chorvachilik va 
dehqonchilikning kelib 
chiqishi
uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon
www.ziyouz.com kutubxonasi


105
bular esa, o‘z navbatida, to‘rtinchi mehnat 
taqsimotini – harbiylar, zodagonlar 
va dohiylar bo‘lishini, siyosiy boshqaruvning kelib chiqishini, 
politogenezini shart qilib qo‘yadi.
politogenez jonli tabiatdagi mavjud o‘z-o‘zidan tashkillanishni, 
kishilik dunyosi tadriji ma’lum tomondan qadimgi sharqning 
sug‘orma dehqonchilik qilinadigan mintaqalari jamoalaridagi 
boshqaruv tuzilmasini, ayniqsa, uning ma’muriy buyruqbozlik 
ko‘rinishini bildirgan.
siyosiy hokimiyatning amalda bo‘lishi ijtimoiy hokimiyatda zarur 
bo‘lgan barcha unsurlar bilan birga, qo‘shimcha ravishda quyidagi 
jihatlar ham bo‘lishini taqozo etadi:
1. hokimiyatni amalga oshiruvchi guruh yoki guruhlar bilan 
hokimiyatning obyekti bo‘lgan guruh yoki guruhlarning o‘zaro 
ijtimoiy ajralishi.
2. hokimiyatni amalga oshirishning asosi sifatida uyushgan 
majburiylikning mavjudligi (masalan, oqsoqollar kengashi va 
hokazo).
ma’naviy sohada sivilizatsiyaviy hayot-
ning qaror topishi eng radikal tarzda 
bo‘lib, inson ruhiyatida mantiqiy tafak-
kurni, unda esa sifat jihatdan yangi dunyo-
qarashni keltirib chiqaradi. astrologiya, arifmetika, biologiya, tibbiyot, 
agronomiya kabi fanlarning kurtaklari shakllana boshlandi. unsurlari 
ko‘rina boshlangan ilk san’at namunalarida – urf-odat musiqalari va 
raqslarida, asosan, asotiriy (mifiy) personajlar aks etgan.
sakral (lotincha sacrum – muqaddas) sohada sivilizatsiyaviy 
ruhiyatda ibtidoiylikda bo‘lganidek, mistika (yunoncha mistukos – 
sirli) to‘la hukmron edi.
sivilizatsiyaning ilk ko‘rinishi bo‘lgan neolit davri asta-sekin 
eneolit bosqichiga, ya’ni, mis-tosh, bronza davrlariga o‘rnini bo‘shatib 
berdi.
eneolit sivilizatsiyasining o‘ziga xos 
jihati shundaki, mulkning neolit davridagi 
umumiyligidan xususiy shakliga o‘tildi. 
xususiy mulk ikki shaklda vujudga keldi. birinchisi yirik shaklda – 
jamoa va qabila boshliqlari qo‘lida unumdor yerlar, chorva mollari 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin