106
va qullar to‘plandi. ikkinchisi esa mayda shaklda – sivilizatsiya kelib
chiqishining ma’naviy shart-sharoitlari xususiy mulk – kichik yer
egalari, chorvadorlar, hunarmandlarning mulki ko‘rinishida amalda
bo‘ldi. bu davrda qullarning o‘rni alohida bo‘lganligini nazarda tutish
lozim.
sivilizatsiyaning bu bosqichida mahsulotlarni muntazam ayir-
boshlashning zarur sharti sifatida
pul muomalasi vujudga keldi.
muomala uchun dastlab oltin, so‘ngra kumush tangalar ishlatila
boshlandi.
Sivilizatsiya va madaniyat. sivilizatsiyalarning insoniyat
ilgarilama harakati bosqichlari ekanligi doirasida madaniyat hodisasi
alohida o‘rin tutadi. Fransuz mutafakkiri
J.J.Russo (xviii asr)
insonning tanasi va ruhiy ehtiyojlari to‘g‘risida fikr yuritib, birinchisi
qonunchilik, davlat tuzilishi, xavfsizlik tizimiga ehtiyoj sezganidek,
ikkinchisi ham o‘zini takomillashtirish uchun madaniyatga, dastavval,
san’at va fanga bo‘lgan ehtiyojni qondirishi kerak, deb ko‘rsatgan edi.
nemis mutafakkiri
O.Shpengler (XX asr) fikricha ham sivilizatsiya
texnik-texnologik omillarning yuksak darajasini ifodalasa, madaniyat
hayotiy ijodiylikni bildiradi. darvoqe, bu mutafakkir g‘arb tafakkuri
tarixida birinchi bo‘lib har bir sivilizatsiyaning noyobligini,
betakrorligini isbotlagan.
M.Veber (xx asr, germaniya) ta’kidlashicha, sivilizatsiya
sotsium harakatining muayyan bosqichini anglatsa, madaniyat esa
sivilizatsiyaning sifat darajasini ifodalaydi.
madaniyat hodisasiga tizimiy yohdashish lozim. tizimning har bir
unsuri boshqasi bilan shunday tarkibiy bog‘liqki, ularning o‘zi alohida-
alohida kichik tizimni tashkil etadi. masalan, siyosiy madaniyat
tarkibiga siyosiy tanlov, siyosiy harakatlar, siyosiy me’yorlarning
madaniy mohiyati kiradi. ko‘rinadiki, murakkab tuzilma bo‘lgan
madaniyat – bu inson yaratuvchilik mohiyatining ifodasidir.
sivilizatsiya va uning madaniy tashkil etuvchisi yalpi olinganida
ham yoki alohida tarkibiy qismlari ham insoniyat muayyan
ehtiyojiga
javob berishi bilan ahamiyatlidir. ehtiyoj kishilarni
maqsad sari
yetaklaydi. unga erishish esa muayyan
idealga, me’yorga va bular
orqali oxir-oqibatda
qadriyatga tayanadi.
«qadriyat» so‘zi barcha xalqlar tillarida asosan
insonning
voqelikka bo‘lgan alohida munosabatlarini, narsa va hodisalarning
insonga nisbatan olingan ahamiyatliligini bildiradi. masalaning
Dostları ilə paylaş: