19
tortilgan, balki o‘zida uni ifodalaydi. bunday yondashish asosida
hayotning kelib chiqishi va rivojlanishi doirasida insonning paydo
bo‘lishi to‘g‘risida muayyan nuqtayi nazarni ilgari surish mumkin
bo‘ladi. v.i.vernadskiy hayotni koinotiy hodisa hisoblab, unga
tadrijiylikning qonuniy mahsuli sifatida qaragan.
v.i.vernadskiy yerda hayotning kelib chiqishi va u bilan bog‘liq
holda biosferaning paydo bo‘lishi insonning kelib chiqishidan
boshlangan antropokoinotiy tizim fan rivojlanishining insoniy
yo‘nalishi bilan qo‘shilib noosfera qaror topishini bashorat qilgan
edi.
kelib chiqishi fransuz bo‘lgan, paleontologiya, qadimshunoslik,
biologiya sohalarida taniqli olim va mutafakkir teyar de sharden
diniy-mafkuraviy tamoyillarga tayangan holda «tadrijiy-koinotiy-
nasroniylik» nazariyasini ilgari suradi. bu nazariyaga ko‘ra, olamdagi
butun mavjudot ruh uchqunlaridan tashkil topgan. Olam hodisalari
oddiydan murakkabga tomon, pastdan yuqoriga qarab doimo
o‘zgarishdadir. bunda ular o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, miqdoriy
yoki sifatiy tomonlari bir-biriga o‘tib turadi. «barcha sohalarda, –
ta’kidlaydi olim, – qandaydir miqdor yetarli darajada kuchaysa,
ularning ko‘rinishi, holati yoki tabiati keskin o‘zgaradi: qiyshiqlik
harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi, tekislik nuqtaga aylanadi, barqarorlik
yo‘qoladi, suyuqlik qaynaydi, butun bo‘laklarga ajraladi». teyar de
sharden inson kelib chiqishini ham o‘z ichiga olgan koinot o‘zgarishi
jarayonlari bosqichlarini quyidagicha tushuntiradi: noorganik tabiat
(«ilk hayot»), organik olam («hayot»), ma’naviy olam («fikr»),
(«noosfera») va Xudo («Omega nuqtasi») yoki ulkan hayot «fikr»
bosqichida o‘zida ruhiy quvvatni mujassamlaydigan inson kelib
chiqadi.
bu nazariyadagi, diniy asosda bo‘lsa-da, amal qiladigan qat’iy
determinizm tadrijiylikda hech qanday tasodifga o‘rin qoldirmaydi.
mehnat nazariyasi tarafdorlari insonga
tirik mavjudotlar ichida alohida maqom
berib, uning kelib chiqishini sakrashlar,
inqilobiy jarayonlar tarzida talqin etadilar. bu jarayonlarda mehnatning
tutgan o‘rni belgilovchi deb olinadi. bu nazariyaga ko‘ra insonning
qaysi hayvondan va qanday tarzda kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi
masalaga javob berish lozim edi. Charlz darvin va uning maslakdoshi
Dostları ilə paylaş: