13
olganda, ushbu konsepsiya muayyan darajada o‘zidan oldingisini
to‘ldiradi.
haqiqatning
foydaliligiga asoslangan pragmatik konsepsiyaga
ko‘ra, bilimlarning tekshirilishi amalda ish-harakat jarayonida
bajarilishi lozim. Muvofiqlik konsepsiyasida
olinadigan haqiqat
tabiatshunoslikdagi bilimlar tabiatini ifodalasa, haqiqatning
pragmatikligi texnologik va iqtisodiy sohalardagi bilimlarni ifodalaydi.
abstrakt bilimlar haqiqiyligini
ifodalaydigan konsepsiya, ayniqsa,
matematika va mantiqda, shuningdek, filologik fanlarda qo‘l keladi.
bilimlarning
haqiqatliligi tabiati undagi mutlaqlik va
nisbiylik
hamda
konkret vaziyatlarda qaralishi mumkin. ulardan birinchisi
bilimlar tarkibidagi davom etib kelayotgan, o‘zgarmas
jihatlarni
anglatsa, ikkinchisida bilimlarning tobora chuqurlashib, boyib
borishligi tushuntiriladi.
haqiqatning konkretligi shundaki, bilimlar qaysi konkret joy va
vaqtda olingan bo‘lsa, o‘sha sharoitlarda to‘g‘ridir.
haqiqatlilik
masalasi, dastavval, ilmiy
bilimlar bilan bog‘liq.
Chunki fan
mohiyat-e’tibori bilan voqelikni tadqiq
etib haqiqiy bilimni berishi lozim. bunda fanning turli sohalar
bilimlarini ifodalaganiga ko‘ra tasnif etish zarur bo‘ladi. eng
umumiy
tarzda uni umumgumanitar,
ijtimoiy-iqtisodiy, aniq fanlar va
tabiatshunoslik fanlari ko‘rinishida olish mumkin.
tabiatshunoslik fanlaridan hosila sifatida
tibbiyot, qishloq xo‘jaligi
va
texnik fanlar farqlanadi.
Falsafiy bilimlar haqiqat bilan ish ko‘radigan ilmiy bilimlardan
farqli o‘laroq donolik asosida erishilgan dunyoqarashni ifodalaydi.
Kishilar hayotini falsafiy
dunyo qarashsiz
tasavvur qilib bo‘lmasligini quyidagilarda
ko‘ramiz:
Birinchidan, falsafiy dunyoqarash hamma vaqt ilg‘or, zamonaviy
bilim bilan o‘zaro bog‘langan va unga hamisha ehtiyoj sezadi. tarixan
fan falsafa tarkibida qaror topgan, amaliyotda dalil-isbotlari sinalgan,
qo‘yilgan aniq savollarga uzil-kesil javob berishi, umumahamiyatli
natijalar, umum tan olingan bilmlarning tobora ko‘payib borishi bilan
undan ajralgan.
Ikkinchidan, falsafiy dunyoqarashda
muammolar hech qachon
bir ma’noli, qat’iy yechimga ega bo‘lmaydi. u har doim yangicha
Dostları ilə paylaş: