116
ma’rifatchilik va
Yevropada yangi
sivilizatsiyaning
boshlanishi
zaminida boshlangan kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga
doir imkoniyatlar kengaydi.
tug‘ilib
kelayotgan burjuaziya uchun
o‘qimishli kishilar
maxsus tayyorlanishi lozim edi. tayyorgarlik o‘z ichiga kishilarning
tabiatga qiziqishini, o‘tmishini o‘rganishni, feodal tartiblar va dinga
tanqidiy munosabat va hokazolarni keltirib
chiqarmasligi mumkin
edi. bu jarayon markazida inson fenomeni turgan. shunga ko‘ra
insonparvarlik (gumanizm) g‘oyasi alohida mavqe egallagan.
gumanistlar o‘tmish, xususan,
arab-islom sivilizatsiyasi orqali
saqlab qolingan va rivojlantirilgan antik dunyo madaniyatini kashf
qildilar va buni
Uyg‘onish (Renessans) deb atadilar. O‘z navbatida,
renessans fan va madaniyatda katta o‘zgarishlar qildi.
lekin bu
jarayonlar g‘arbiy yevropa hayotida belgilovchi ta’sirga ega bo‘lgan
katolik cherkovining
islohoti (Reformatsiya)siz poyoniga yetmagan
bo‘lur edi.
inson ratsional tafakkuri Renessans
va reformatsiya ta’sirida O‘rta asrlarni
tanqid ostiga olib undan chiqish yo‘lini
izlay boshladi.
ma’lumki, xiv asr o‘rtalariga qa-
dar yevropa rivojlanishi ko‘p jihatlardan
sharq sivilizatsiyasi
ta’sirida bo‘ldi. yevropaliklarning arab-musulmon sivilizatsiyasidan
o‘zlashtirgan jihatlari sezilarli bo‘lgan.
so‘nggi o‘rta asrchilikda yevropada mutlaqlik (absolyutizm)
maqomida qaror topgan milliy davlatlar mavjud feodal tarqoqliklarga,
mayda-mayda mulklarning kuch huquqiga tayanuvchi egalari jilovini
xiyla tortgan. absolyutizm hukmdorlari Rim papasi bilan raqobatda
dunyoviylikka moyil edi va bu o‘z natijalarini ko‘rsatdi. ularni
aholining uchinchi tabaqasi, byurgerlar
va klerikalizmga qarshi
kuchlar qo‘llab-quvvatladilar.
Reformatsiya ana shular bilan kengayib, yangi ijtimoiy
harakatchilikning –
ma’rifatchilikning maydonga kelishiga turtki
bo‘ldi. ma’rifatchilar aql-idrokning tantanasi uchun kurashdilar. ular
dunyoni bilishning, kishilar hayotini takomillashtirishning vositasi
sifatida diniy fatalizmdan xoli bo‘lgan «aqlning tabiiy nuri»ni ko‘rdilar.
erkin va faol insonning davlat va cherkov tomonidan bo‘ladigan
majbur etish shakllari bilan hech
qanday cheklanmagan barcha
Dostları ilə paylaş: