118
Fan va sanoat
inqiloblari
(1706–1790), faylasuf, «Sog‘lom aql»
pamfletining muallifi T.
Reyn, aqshning ikkinchi prezidenti
T. Jeffersonning (1743–1826)
falsafiy, siyosiy-huquqiy faoliyatlari natijalari bo‘lgan edi. Ular
aqshning birinchi prezidenti etib saylangan
J. Vashington (1732–
1799) bilan birgalikda inson huquqlari muammosiga fundamental tus
berib, bularni fuqaroviy jamiyatda barcha erkinlik va huquqlarning
siyosiy axloqiy va huquqiy asoslari tarzida qaradilar. monteskyening
hokimiyat bo‘linishi g‘oyasi dastlab aqshning tashkil etilishidayoq
hayotga tatbiq qilingan edi. bu yerda inson huquqlarini ustun qilib
belgilash tamoyiliga asos solindi.
xviii–xix asrlar insoniyat dunyosi
keyingi holatining
shakllanishida bel-
gi lovchi davr bo‘lgan. bunda fan
inson hayotining barcha tomonlariga
ta’sir ko‘rsatib moddiy qadriyatlar
yaratish vositalarida yuz
berayotgan sanoat inqilobi talablariga muvofiq rivojlangan. Nazariy
bilimlar ravnaqi, xvii asrda (dastlab matematika, astronomiya,
tibbiyotshunoslik, keyinroq kimyo, issiqlik va elektr fizikasi) ustunlik
sanoatdagi texnik o‘zgarishlar, kapitalning
iqtisodiy va siyosiy
hukmronligi o‘zaro bog‘liqlikda angliya, niderlandiya va shimoliy
Fransiyada yuz berdi.
sanoat inqilobi to‘qimachilik sohasida boshlanib paxtani ko‘plab
yetishtirishni taqozo etdi. angliyada gazmol to‘qish juda tez oshgan.
uning narxi kamaygan. 1785-yilda mexanikaviy tikuv stanogining
ixtiro qilinishi temirni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlanishiga
olib keldi. ishlab chiqarish zaruriyati toshko‘mir qazib chiqarish
va cho‘yan eritishni ko‘paytirdi. Og‘ir
sanoat inqilobning ikkinchi
bosqichini ifodalab, mashinalarni mashinalar yordamida ishlab
chiqarishni bildirgan.
mashinasozlik yutuqlari qishloq xo‘jaligida
ham inqilobiy
o‘zgarishlarga yo‘l ochdi.
xvii asrning ikkinchi yarmi va xix asrning boshlarida sanoat
inqilobi dastlab angliyani, so‘ngra yevropa qit’asining g‘arbi va
markazini hamda shimoliy afrikani qamrab oldi.
bu hududlarda
fan va sanoatdagi chuqur o‘zgarishlar kishilar hayotining boshqa
sohalarida ham tegishli ravishda o‘sishni ta’minlab sanoat jamiyatini
yuzaga keltirdi.
Dostları ilə paylaş: