123
makonlari imkon bergan bo‘lsa,
ikkinchidan, ayni shu islom dinidagi
ichki salohiyat buni ta’minladi
1
.
Diniy bag‘rikenglik ko‘p jihatlardan islom sivilizatsiyasining
gullab-yashnashiga ko‘mak berdi. nasroniy ozchilik misr va O‘rtayer
dengizi sharqidagi mamlakatlarda sezilarli rol o‘ynaydi. hindistonda
indus va musulmonlar yonma-yon yashab keldilar. turli dindagilar
bir-biridan o‘rgandilar. islom mahalliy an’analarni oyoqosti qilmadi,
aksincha, turli diniy guruhlar o‘z madaniyatlarini rivojlantirishi va
qo‘shnilari bilan muvaffaqiyatlarni baham ko‘rishi
uchun sharoit
yaratdi.
makkaga haj qilish xalqlar va madaniyatlarni yaqinlashtirgan.
bunda musulmonlarning yo‘li turli mamlakatlar orqali o‘tgani tufayli
madaniyatning ko‘pgina namunalari bilan tanishish mumkin bo‘lgan
va o‘zaro muloqotda bo‘lganlar hamda qaytib borganlaridan so‘ng
o‘z yurtlarida ko‘rgan-kechirganlarini boshqalarga ham yetkazishgan.
umuman, hojilar barcha joylarda alohida hurmatga sazovor kishilar
bo‘lgan.
arab tilini o‘rganish «qur’oni karim»ni o‘qish uchun musul-
monlarga zarurligidan kundalik muomalada, ilmiy-texnikaviy bilim-
lar almashuvida ham qulaylik tug‘dirgan.
yevropaliklardan farqli
o‘laroq musulmonlar barcha joylarda bir-birini tushungan.
islom madaniyati rivojlanishining muhim omillaridan biri – bu
tijoratga asoslangan dinamik iqtisodiyot bo‘lgan. shahar bozorlari
tufayli kengayib ketgan dengiz portlari uch qit’aning tutashgan joyi
bo‘lgan islom mamlakatlarida mollar ayirboshlashda belgilovchi rol
o‘ynagan.
hind okeani va O‘rtayer dengizidagi
savdo-sotiq musulmonlar
qo‘lida bo‘lgan. ular so‘nggi O‘rta asrlargacha, yevropa savdosida
ham hukmronlik qilgan.
1
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1991-yilda nashr etilgan va ko‘pgina ingliz
tilli mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan foydalanilayotgan tarix darsligida islom
sivilizatsiyasi bo‘yicha maxsus paragraf ajratilgan. Jumladan, unda shunday
yozilgan: «Islom dini aqidalaridan madaniyat rivojlanishi uchun, ayniqsa,
dunyoni idrok etish va turmush tarzining kamida to‘rtta xususiyati kelib chiqadi:
musulmonlar boshqa dinlar va madaniyatlar bilan chiqishib keta oladi; ular
Makkaga haj qilishari lozim; Qur’onni o‘qish uchun ular arab tilini bilishi
lozim; bundan tashqari, ular juda e’tiborli mashg‘ulot sifatida savdo-sotiqni
yuksak qadrlaganlar».
Dostları ilə paylaş: