126
islomiy geograflardan
Al-Mas’udiy (900–957) markaziy Osiyo,
Rossiya, xitoy va hindistonni kezib chiqqan,
Ibn Battuta 30 yil
davomida afrika, Osiyo va yevropa bo‘yicha ko‘rgan-kechirganlarini
batafsil yozib qoldirgan. beruniyning «hindiston» asari ham xviii
asrgacha yagona manba bo‘lgan. 883-yilda xalifa al-ma’mun
topshirig‘iga ko‘ra xaritalar tuzilgan.
Abdurahmon ibn Xaldun (1334–1406) «Jahon tarixi», «tarix
falsafasiga kirish», ko‘p jildli «arablar, forslar, berberlar hamda
ularga zamondosh bo‘lgan boshqa qudratli
xalqlar tarixiga oid
ma’lumotlar va namunalar to‘g‘risidagi ibratli kitob» asarlarini
yozgan. u kishilar va millatlarning xatti-harakatlarini tushuntiradigan
qonuniyatlar, sivilizatsiyalarning
ravnaqi va halokati, insonga
muhitning ta’siri, moddiy omillarning kishilar turmushidagi o‘rni
va hokazolar to‘g‘risida chuqur fikrlarni ilgari surgan. Ibn Xaldunni
hozirgi sotsiologiyaning asoschisi deb hisoblashadi.
Musulmon dunyosida matematika
sohasida katta kashfiyotlar
qilindi, arifmetika poyoniga yetkazildi.
«Baytul Hikma»dagi olimlarga
boshchilik qilgan
Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783–850) «al-
jabr val-muqobala» asarida algebraning
asosiy jihatlarini ifodalab
bergan. shu davrda trigonometriya ham vujudga keldi. «sifr», «nol»
kabi matematik tushunchalar arabcha bo‘lib, hozirgi fanda muhim
o‘rin tutadi.
musulmon olimlari asoschisi bo‘lgan kimyo ham ma’lum mavqega
ega bo‘lgan. ko‘pgina moddalar va jarayonlar
ustida tajribalar
o‘tkazgan olimlar umumiy sohaning tamoyillarini ifodalaydigan keng
qamrovli nazariyalar yaratdilar.
bular, o‘z navbatida, tibbiyot rivojlanishiga jiddiy turtki bo‘ldi.
Og‘riq qoldiruvchi moddalar yordamida birinchi marta islomiy
tabiblar jarrohlik operatsiyalari o‘tkazganlar.
Zakariyo ar-Roziy (865–
925) hatto chechak va qizamiqni samarali davolagan. islom sharqida
dorishunoslar tayyorlaydigan o‘z davrida yagona bo‘lgan o‘quv yurti
faoliyat ko‘rsatgan. Tabiblik qilish uchun tegishli sertifikat bo‘lishi
tartibi o‘rnatilgan.
tabiblar iqlimning ta’siri, gigiyena va ovqatlanish muammolari
bilan shug‘ullanishgan.
musulmon okulistlari ko‘z kasalliklarini jarrohlik yo‘li
bilan
Dostları ilə paylaş: