128
ayrim jihatlari bilan farq qilib turgan. bu esa an’anaviylik
davom
etishining asosiy omillaridan hisoblanadi.
an’anaviylik tadrijiy rivojlanishni inkor qilmasa-da, ko‘pincha
turg‘unlik omillaridan hisoblanadi. masalan, shimoliy afrikaga o‘rta
asrlarda
bosqinchilar shimoldan ham, sharqdan ham kelmaganlar.
lekin bu yerda o‘z davrida cho‘qqiga ko‘tarilgan sivilizatsiya
tushkunlikni chetlab o‘ta olmadi. islomiy sivilizatsiya muayyan ichki
sabablar, an’anaviylik va tashqi bosqinchilarning
hujumlari ostida
avvalgi holatini yo‘qotib bordi. tabiiyki,
bunday sharoitda inson
zotiga hurmat, uning shaxsi bilan hisoblashish, huquqlari va sha’nini
qonuniy himoyalash zarur darajada ta’minlanmas edi.
Asosiy tushunchalar
•
islom sivilizatsiyasi – musulmon dini tarqalgan hududlardagi
sivilizatsiyaning ko‘pgina umumiyliklari nazarda tutilgan holda
nomlanishi.
•
diniy bag‘rikenglik – ma’lum bir dinda g‘ayridinlarga nisbatan
toqatlilik. shunga ko‘ra, islomiy
mamlakatlarda aholining
nasroniy, yahudiy va boshqa ko‘rinishdagi diniy ozchilik
xalqlar ham qadimdan yashab keladi. ular dini, tili va ma’naviy
madaniyatning boshqa jihatlarini saqlab qolganlar.
•
musulmon an’anaviyligi – sharqda tabiiy va ijtimoiy-madaniy
sabablarga ko‘ra davom etib kelayotgan jihat islom dinining ilk
davri tartibotlarining bo‘rttirilishi tufayli ijtimoiy turg‘unlikni
ifodalaydigan bo‘lib qoldi.
•
zohidlik (arabcha) – alloh marhamatiga sazovor bo‘lish uchun
dunyoviy lazzatlardan cheklanish.
•
vahdat ul-vujud (arabcha) – allohni yagona, abadiy deb tan
olish. bunga ko‘ra, olam, narsa va hodisalar alloh nuridir.
shunga ko‘ra, unga muhabbat qo‘ymoq kerak.
Dostları ilə paylaş: