15
•
Fan – tartiblangan va turmushda qo‘llanilayotgan bilimlarning
keng maqomda, ijtimoiy institut sifatida olinishi.
•
Falsafa – alohida taxlitdagi bilimlar tizimi bo‘lib har qanday
dunyoqarashning umummag‘zini t
ashkil etadi.
Savollar va topshiriqlar
1. inson bilishi o‘z-o‘zidan
kechadimi yoki maxsus amalga
oshiriladimi?
2. inson bilishi o‘zini o‘zi bilishdan boshlanadimi yoki tashqi
dunyoni bilishdan?
3. bilish jarayoni qanday tarzda kechadi?
4. haqiqat muammolarini mulohaza qilib ko‘ring.
5. Falsafiy donolik bilan fan haqiqati umumiylikka egami?
6. hozirgi zamon bilimlarining
postnomumtoz tabiatini
tushuntirib bering.
3-§. insonning yaratilishi to‘g‘risidagi diniy
qarashlar va kelib chiqqanligi haqidagi
an’anaviy ilmiy nazariyalar
dastlabki asotiriy tushunchalarga ko‘ra
inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi.
Shumerliklarning saqlanib qolgan mif-
laridan
birida tasvirlanishicha, erkak
va ayol xudolar suv xudosi bo‘lgan
eng dono Enkiga oziq-ovqat
va ichimlik miqdorini ko‘paytirish usulini topishini so‘rab mu-
rojaat qiladilar. u yer boyliklari xudosi bo‘lgan xotini
Ninmax
bilan birgalikda mastlik holatida loydan
birinchi odamni nuqsonli
qilib yasaydi. loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol
bo‘lgan.
birinchi insonning paydo bo‘lishi
xususida qadimgi yunon
miflarida hikoya qilinishicha,
Olimp cho‘qqisida yashagan xudolardan
odamlar tug‘ilgan.
Nasroniylikning muqaddas kitobi
«Injil»da aytilishicha,
«…Yana
Xudo: «O‘z suratimizga ko‘ra, O‘zimizga o‘xshash odamni yarataylik.
U dengizdagi baliqlar, ko‘k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun
yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik
qilsin», dedi … xudovandi karim yerning tuprog‘idan odamni yasab,
Dostları ilə paylaş: