132
bu yerda
Muhammad payg‘ambarning yer, suv va yaylov barchaga
tegishli, degan qoidasi ayni to‘g‘ri kelganday edi. aslida kuch – mulk,
hokimiyat – mulk tamoyili oxir-oqibatda o‘zini namoyon etardi.
mulkning ana shunday tabiati yuqorida turli jihatlardan tilga olingan
an’anaviylik kishilarning ilk jamoalaridan tortib yaqin vaqtlargacha
ham amalda bo‘lishini taqozo etdi.
an’anaviylik avvalboshdan
ma’naviy qadriyatlar bo‘lgan o‘zaro
yordam, birgalikda umumiy yumushlarni bajarish, o‘zaro tenglik va
hokazolarni yuzaga keltirdiki, bular ba’zan
munosabatlarda tekischilik
hukmron bo‘lishiga ham olib keldi. natijada shaxsiy tashabbusdan,
individual faoliyatdan manfaatdor bo‘lmaslik kabi holatlar qaror
topdi.
bu yerda islomning tarqalishi muhammad
payg‘ambar vasiyatlariga ko‘ra
amalga
oshganligi manbalarda aytiladi. islom
payg‘ambari musulmonchilikning tarqa-
lishida
fathni birinchi o‘ringa qo‘yganligi ma’lum.
islomning tarqalishi ham dastlab payg‘ambar qo‘llagan
tamoyillarga mos bo‘ldi. movarounnahrda islom dinini yoyish bilan
bog‘liq arablarning yurishlari to‘rt marta amalga oshirildi. musulmon
bo‘lish evaziga katta o‘lja,
soliqlar olinmadi, katta urush bo‘lmadi va
qon to‘kilmadi.
Oxirgisida xurosondagi noib qutayba ibn muslim musul-
monchilikni zarur bo‘lgan joylarda kuch bilan joriy etdi va hududning
barcha madaniy qismini xalifalik tarkibiga qo‘shib oldi.
islom dini tarqalishi natijasida ilgari shakllanib bo‘lgan ma’naviyat
o‘zining qariyb barcha ko‘rinishlarida jiddiy o‘zgarishga uchradi.
Jumladan,
oilaviy hayot, ijtimoiy-siyosiy,
huquqiy va axloqiy
munosabatlarda musulmonchilik ustun mavqega ega bo‘ldi.
movarounnahrda islomiy e’tiqod mustahkam qaror topdi.
hududda
ijtimoiy ko‘tarilish yuz berdi. bu yerdan chiqqan olim-u
fozillar xalifalik markaziy shaharlarida ham ko‘zga yaqqol tashlandi.
movarounnahrda diniy ta’limotlar
bilan birga dunyoviy bilimlar,
xususan, tabiatshunoslik rivojlanishi alohida e’tiborga molik.
albatta, passionarlik bu jihatdan ham o‘z natijasini ko‘rsatdi, deyish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: