134
kabi mutafakkirlarning hadisshunoslik faoliyati ma’naviy madaniyatni
jiddiy rivojlantirdi.
qur’oni karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan manba –
hadislar islom payg‘ambarining din, axloq va falsafadan tashqari ham
hayotning ko‘pgina sohalariga tegishli ko‘rsatmalaridan iborat. ularda
mehr-oqibat, insonparvarlik, halollik, oliyjanoblik, sof ko‘ngillilik,
oqibatlilik, insof-adolat, hurmat-izzat, mehnatsevarlik, ilmning
ahamiyati va hokazo qadriyatlar ifodalangan.
movarounnahrdagi islom ilmining rivoj-
lanishi arab-islom
xalifaligida jiddiy
ravnaqqa erishgan. bu yerda ma’naviy-
madaniy ravnaq o‘z davri uchun jiddiy yuksaklikni, g‘oya va
e’tiqodlarning
tengligini, e’tiqodiy bag‘rikenglik, sabr-toqatlilik,
hurfikrlilikni ifodalagan lokal turkiy sivilizatsiya doirasida yetishib
chiqqan
Burhoniddin Marg‘inoniyning (1123–1197) «hidoya»
asarida erishilgan yuksak sivilizatsiyaviy maqom shundan iboratki,
unda shariat qonunchiligi, musulmonlar jamiyatining barcha jihatlari
nafaqat huquqiy, balki nazariy-metodologiyaviy yechimlari ham lozim
darajada o‘z aksini topgan. shunga ko‘ra «hidoya» musulmonlarning
bosh dorilfununi, al-Azharda (Misr) hozirgacha
xanafiya mazhabi
fiqhi bo‘yicha asosiy qo‘llanma sifatida uzluksiz o‘qitilib, o‘rganilib
kelinadi.
turkiy lokal sivilizatsiya, xalifalikdagi bosh ma’rifatparvar
Ma’mun (813–833-yillarda xalifa bo‘lgan) va bag‘doddagi
mo‘ta-
ziliylar oqimi ko‘rsatgan faoliyatning davomi sifatida qaror topdi.
bag‘dodda «bayt ul-hikma» boshlig‘i bo‘lgan
Muhammad al-
Xorazmiy (783–850) matematikaning
barcha asosiy sohalari,
geografiya, tarix va boshqa fanlarning qator tarmoqlari bo‘yicha
jahonshumul tadqiqotlarni bajarishgan.
Ahmad al-Farg‘oniy (861-yilda vafot etgan) tabiatshunoslikning
ko‘pgina muhim sohalari bo‘yicha katta jasorat ko‘rsatgan olim
sifatida vatanining shuhratini keng yoydi. uning birgina «astronomiya
negizlari» asari yevropada n.kopernikka qadar asosiy qo‘llanma
bo‘lgan.
qomusiy bilimlar sohibi
Abu Nasr al-Forobiy (873–950) birinchi
manbalar asosida qadimgi yunon madaniyatini chuqur o‘rganib, sharq
Dostları ilə paylaş: