136
turkiy hududiy sivilizatsiya doirasida sharqiy turkistondan
yettisuv, Farg‘ona, movarounnahrdan xurosonga qadar hududlarda
turkiy tilda badiiy ijodning yorqin qadriyatlari yaratilganligi
manbalarda aytiladi. bizgacha
yetib kelganlari orasida Yusuf Xos
Hojibning (xi asr) «qutadg‘u bilig» («saodatga boshlovchi bilim»),
Ahmad Yugnakiyning (xii asrning ikkinchi yarmi – xiii asrning
boshi) «hibat ul-haqoyiq» («haqiqatlar armug‘oni»),
Ahmad
Yassaviyning (1166–1167-yilda vafot etgan) «hikmatlar»
asarlari
alohida ahamiyatli.
ma’naviy yuksalish
Buxoro, Samarqand, Qarshi, Xiva, Urganch,
Marg‘ilon, Termiz, Marv, Farg‘ona kabi shaharlarning gurkirab
o‘sishiga xizmat qildi.
hududimiz sivilizatsiyasining birinchi davriga xos jihat-
lar ni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
birinchidan, milliy-minta-
qaviy davlat mustaqilligi bilan bog‘liq muhim omillar;
ikkinchidan,
ma’naviy o‘zgarishlar markazida insonning komillikka erishuvi
masalalari;
uchinchidan, axloq-odob masalalari;
to‘rtinchidan, bu
davr bilimlarida diniy va dunyoviy qarashlar mushtarak tarzda tadqiq
etilgan. shunday qilib ushbu davrda yaratilgan ilmiy meros o‘zining
olamshumul ahamiyati bilan yurtimiz dovrug‘ini
olamga taratib
kelmoqda.
ma’lumki, barcha buyuk shaxslar o‘z
davrining ulkan muammolari, mislsiz
qarama-qarshiliklarini
zimmalariga olib
yashaydilar. amir temur ham tarix
sahnasiga chiqqanida mo‘g‘ullarning 140 yillik istibdodi oqibatida
xalq ommasi ma’naviy qashshoq, iqtisodiy nochor va siyosiy huquqsiz
edi. shunday sharoitda temurning faoliyati milliy mustaqillikni tiklab,
markazlashgan davlat tuzishga qaratildi.
amir temur nafaqat turkiy dunyoda
sivilizatsiyaning vujudga
kelishiga zamin yaratdi, balki islom mintaqasida uning rivojlanishiga
ko‘mak berdi. temur va uning avlodlari davri sivilizatsiyasi, ma’naviy
qadriyatlari, birinchi navbatda, turkiy va,
shuningdek, fors-tojik
tillarida yaratildi. bundan ilgari arab tilida yaratilgan ma’naviy
qadriyatlar lozim darajada o‘zlashtirildi.
amir temurdan avval va keyin o‘tgan ne-ne jahongirlar, jumladan,
Dostları ilə paylaş: