141
•
zardushtiylik – ko‘p xudolikdan yakka xudolikka
o‘tishdagi bosqichni ifodalaydigan din bo‘lib,
markaziy
Osiyoda (xorazmda) kelib chiqqan va so‘ngra tevarak-atrof
yurtlarga
tarqalgan, musulmon dini bilan raqobatda barham
topgan.
•
Turon sivilizatsiyasi – Jahon–sharq sivilizatsiyasining
tarkibiy qismi, bundan 2,5–3 ming
yil ilgari qaror topgan
sug‘orma dehqonchilik madaniyati,
chorvachilik va shahar
madaniyatining uzviy birligini anglatadi.
•
Fath – mamlakat yoki hududni ixtiyoriy yoki kelishuv orqali
qo‘shib olish.
•
zabt – harbiy kuch ishlatib zo‘ravonlik bilan bosib olish.
•
islomiy lokal sivilizatsiya – islom
dini tarqalishi natijasida
movarounnahr – turkistonda ix–xii asrlardagi sivilizatsiya
hamda temur va temuriylar davrini ham o‘z ichiga oladigan
tushuncha.
•
«Temur tuzuklari» – amir temurning asari. unda mamlakat
hayoti turli sohalarini boshqarish tamoyillarining sivilizatsiyaviy
maqom talablariga muvofiq kelganligi ko‘rsatilgan.
•
Sivilizatsiyaviy rol – bu
tushunchada sohibqiron temur,
Ulug‘bek, Navoiy va Boburlar faoliyatining tarixiy tavsifi
ifodasini topgan.
Savollar va topshiriqlar
1. qadimgi
turonning madaniy-sivilizatsiyaviy maqomi qaysi
omillar bilan taqozolangan?
2. turon tarixidagi kishilik jamiyatlarining an’anaviyligi
nimalarda ko‘rinadi?
3. avesto ta’limoti asosida
qadimgi turon jamiyatining
boshqaruvini tushuntirib bering.
4 turkiston hududida qaror topgan an’anaviylik va jamoa-
viylikning salbiy-ijobiy tomonlariga baho bering.
5. turkistondagi o‘troq va ko‘chmanchi xalqlar madaniyatining
e’tiborga molik jihatlari nimalardan iborat bo‘lgan?
6. turkiston sivilizatsiyasida siyosiy – jamiyat almashinuvi qay
tarzda kechgan?
Dostları ilə paylaş: