146
bo‘lgan. turkistonda ma’rifatparvarlik jadidchilik harakatida na moyon
bo‘ldi.
Jadidchilik haqida to‘xtalganda, eng
avvalo, turkistonning o‘zida mav-
jud obyektiv
ehtiyojlar haqida ga-
pir moq lozim bo‘ladi. ayni vaqtda,
turkiy dunyoning jahon
taraqqiyotidan uzilib qolganligi, turkiy xalqlarning tarqoqligi, ijtimoiy
munosabatlarning turg‘unligi va hokazolarga e’tiborni qaratibgina
qolmay, balki ma’rifat orqali ularni bartaraf
qilish mumkinligiga
ishongan ismoilbek gaspiralining (1851–1914) nazariy va amaliy
faoliyati muhim ahamiyatga ega. u Rossiya
imperiyasi tarkibidagi
mustamlaka qilingan turkiy o‘lkalardagi o‘qish-o‘qitish ishini
mutlaqo isloh qilishni, dunyoviy fanlarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yishni,
ta’limning «usuli jadid» tarzini amalga oshirishni kun tartibiga qo‘ydi.
xususan, o‘zi tuzgan darslik va dastur asosida faoliyat ko‘rsatib, jadid
maktablarining qadim maktablardan ustunligini isbotladi. i.gaspirali,
uning «tarjumon» gazetasi platformasini qabul qilib, hayotga tatbiq
etuvchilar jadidlar deb atala boshlandi.
turkistonlik jadidlarning tan olingan boshlig‘i mahmudxo‘ja
behbudiyning (samarqand) «bilmoq kerakki,
haq olinur, beril-
maydur», ularning toshkentdagi yirik
vakili munavvarqori abdu-
rashidxonovning «hurriyat olinur, berilmas», abdurauf Fitrat-
ning (buxoro) milliy istiqlol yevropaviy ma’rifat, ilm-fan, huquq,
texnik rivojlanish inson sha’ni kafolatlari orqali qo‘lga
kiritilishi
to‘g‘risidagi fikrlari ko‘rsatadiki, jadidlar maktab-maorif, mat-
buotchilik, teatr imkoniyatlaridan yanada yuksakroq ko‘tarilib,
siyosiy-huquqiy talablar qo‘yishgacha bordilar. xususan,
siyosiy-
huquqiy sohada ular quyidagi masalalarni: Rossiyadan to‘la ajralib
chiqish yoxud Rossiya federativ tuzilma bo‘lgan sharoitda uning
tarkibidagi milliy-huquqiy muxtoriyatga erishish yoki Rossiya davlati
tarkibida milliy-ma’naviy-diniy muxtoriyatga ega bo‘lish masalalarini
ko‘tarib chiqdilar.
bu maqsadlarga erishish uchun zarur
siyosiy tashkilotlar va
muassasalar kerakligi ma’lum bo‘lgandan so‘ng jadidchilik faoliyati
tashkiliy sohada ham o‘zini ko‘rsata boshladi. vaqt e’tibori bilan
bu Rossiya imperiyasida boshlangan dolg‘ali yillarga to‘g‘ri keldi.
1914–18-yillarda
«Miftox ul-maorif», «Ravnaq ul-islom», «Ittifoq ul-
Dostları ilə paylaş: