17
inson kelib chiqishi to‘g‘risidagi ilmiy
yo‘nalish organik olamdagi barcha
mavjudotlarning rivojlanishi to‘g‘risida
xix asrda tabiatshunos olimlarning izlanishlari natijasi o‘laroq
xiyla asoslab berilgan. tadrijiylik nazariyasida qiyosiy anatomiya,
fiziologiya va hozirgi mavjud turlarning rivojlanishi tarixiy
ma’lumotlar, shuningdek, qirilib ketgan turlar haqidagi paleontologiya
materiallari har tomonlama o‘rganilgan edi. bu nazariya o‘z ichiga
kishilik dunyosini qamrab olmasligi mumkin emasdi.
antropogenezning tadrijiylik nazariyasi ba’zi jihatlardan xviii
asrda yevropada ilgari surilgan turli qarashlarning davomi sifatida
maydonga kelgan. masalan, shotlandiyalik geolog olim
Jeymas Petton
(1726–1795) ilgari surgan geologiyaviy farmatsiyalar to‘g‘risidagi
tadrijiylik nazariyasida yer sayyorasining geologik tarixi, uning u
yoki bu qismining yemirilishi va boshqa qismi kelib chiqishining
qaytarilib turishi sikllari sifatida talqin qilingan edi. keyinroq, 1796-
yilda fransuz olimi
Pyer Simon Laplas (1749–1827) quyosh tizimi-
ning «dastlabki» tumanliklardan kelib chiqqanligi nazariyasini ilgari
surdi. bu nazariya Olamning
I. Nyuton mexanikasiga asoslangan
statik qiyofasi o‘rniga, tadrijiy mexanika qiyofasi to‘g‘risidagi
qarashlarini ifodalagan edi.
laplasning zamondoshi ingliz vrachi va tabiatshunosi
Erazm
Darvin (Charlz darvinning bobosi) o‘zining «zoonomiya» dostonida
(1796) ilgari surgan nazariyasida tashqi muhit ta’sirida hayvonlar
hayotini tadrijiy tushuntirib berdi.
Jan Batist Lamark (Fransiya, 1744–1829) organik dunyo tadriji
to‘g‘risida o‘ziga qadar yaratilgan ta’limotlar ichida xiyla mukammal
nazariyani asosladi. unga ko‘ra hayvonlar, o‘simliklar turlari
doimo o‘zgarib boradi. bunda tashqi ta’sir ostida ularning tuzilishi
murakkablashib va ichki salohiyatiga binoan ular takomillashib
boradi. Olim tadrijiylik tamoyilini jonli tabiatning yagona qonuni deb
ko‘rsatgan.
tabiatshunoslik dalillariga tayangan holda aytish mumkinki,
insonning kelib chiqishi to‘g‘risida turli-tuman qarashlar mavjud.
Jumladan, ulardan biriga ko‘ra, o‘tmishi 100 million yillarga borib
taqaladigan
xordalilar (Chordata) tipiga mansub bo‘lib, qandaydir
koinotiy falokat tufayli qirilib ketgan umurtqalilarning kichik avlodi –
Dostları ilə paylaş: