Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Xomashyo manbasi
ma’naviy asorat
uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon
www.ziyouz.com kutubxonasi


151
vi bob. Jamiyat va sivilizatsiya
qoldiq tamoyilida harakatlanib, bunda ham mahalliy voqelikdan 
mutlaqo yiroq xayoliy, kishilar turmushi uchun zararli bo‘lgan 
kommunistik utopiyani targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan edi. shaxsning 
o‘rniga, manfaatlariga e’tiborsizlik, barchani baravarlashtirishga 
urinishlar oqibatlari o‘laroq odamlar layoqatsiz, befarq bo‘lib bordi. 
shunga ko‘ra, bu sohalarda milliy talablar va ehtiyojlar asosida 
rivojlanish ta’minlanmadi. bunday vaziyat O‘zbekistonda davlat 
mustaqilligi e’lon qilingunga qadar davom etdi, deyish mumkin.
shunday qilib, O‘zbekistonda mustamlakachilikning ikkinchi 
bosqichi sovetcha, o‘ziga xos tarzda kechgan bo‘lsa-da, mohiyatan 
birinchi davrining davom etishidan boshqa narsa emas edi. 
hozirgi vaqtda sovet hokimiyati o‘rnatilganligigina emas, balki 
marksistik sotsializm ham sivilizatsiyaviy maqomda bo‘lmagani 
e’tirof qilinmoqda. xo‘jalik va madaniy sohada amalga oshirilgan 
o‘zgarishlar bir tomonlama bo‘lganligi haqiqat. muayyan erishilgan 
natijalar ham berilgan behisob qurbonlar evaziga olingan edi.
Asosiy tushunchalar

mustamlakachilik – o‘z mamlakatidan tashqaridagi 
hududlarini egallab, u yerlardagi yashaydigan xalqning 
imkoniyati va kuchidan ayovsiz foydalanishga asoslangan 
ijtimoiy tartibot.

Jadidchilik – ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy yo‘nalish 
bo‘lib, turkiston taqdiri hal qilinayotgan paytda o‘zbek xalqini 
g‘oyaviy jihatdan birlashtiruvchi kuch sifatida ish ko‘rgan.

Turkiston milliy-hududiy muxtoriyati – Rossiya davlati 
federativ asosda tuzilgan taqdirda uning tarkibida bo‘lgani 
holda milliy manfaatlarga mos siyosiy yo‘l o‘tkazish 
belgilangan edi. lekin bolsheviklar tomonidan tor-mor 
qilingan.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin