Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)


marksizm – nemis mutafakkirlari k.marks va F.engels 
ilgari surgan ta’limot u bilan u yoki bu darajada aloqador
turli yo‘nalishlar, nazariyalar, qarashlarning keng quramasi 
bo‘lib, uning markazida yo‘qsillarning tarixiy vazifasini 
asoslab berish yotadi. uning v.lenin tomonidan to‘ldirilib 
targ‘ib qilingan varianti sovet davlati va ko‘pchilik sotsialistik 
mamlakatlaridagi tuzumning halokatga uchraganidan so‘ng 
inqirozga yuz tutdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


152

Totalitarizm (lotincha: to‘la, yalpi) – davlatchilik – siyosiy 
rejim bo‘lib, yagona partiya yoki tashkilotning to‘la 
hukmronligini bildiradi. uning tipik ko‘rinishi bo‘lib fashizm 
va hozir halokatga uchragan kazarma sotsializm hisoblanadi.

Sovet – xx asr boshlarida Rossiyadagi inqiloblar jarayonida 
tashkil etilgan hokimiyat bo‘lib, bolsheviklar siyosiy 
hokimiyatni bosib olgandan so‘ng davlatda hokimiyatning 
pastdan yuqorigacha bo‘lgan bo‘g‘inlarining umumiy nomi. 
sovet davlati barham topgandan so‘ng tugatilgan.

muxtoriyat – milliy mustaqillikning shakli bo‘lib, mavjud 
davlat tarkibida muayyan qonunlarga ko‘ra maqomi 
belgilangan. turkiston muxtoriyati Rossiya tarkibida qolishni 
nazarda tutib tashkil etilgan edi. lekin bolsheviklar uni o‘z 
hokimiyati uchun xavfli bilib shafqatsizlik bilan tugatgan.
Savollar va topshiriqlar
1. temuriy sivilizatsiyani dasht ko‘chmanchiligi tomonidan 
zabt etilishini qaysi omillar osonlashtirdi?
2. nega yurtning uch xonlikka bo‘linib ketishi oldini olish 
imkoniyati bo‘lmadi?
3. ijtimoiy turg‘unlik nima?
4. mustamlakachilik asoratiga tushmaslik iloji bo‘lganmi?
5. mustamlakachilikning birinchi davrining halokatli oqibatlari 
nimalarda ko‘rinadi?
6. Jadidchilikda siyosiy-huquqiy masalalar qachondan boshlab 
birinchi o‘ringa chiqdi?
7. Jadidlarning xorazm va buxoroda sovet hokimiyati bilan 
aloqada bo‘lishidan qanday maqsad kuzatilgan?
8. mustamlakachilik ikkinchi davrining oldini olish mum-
kinmidi?
9. turkiston – markaziy Osiyo mintaqasi azaliy yaxlitligini 
sovetchasiga «ittifoqdosh respublika», «avtonom respublika» 
va hokazolarga ajratish qaysi maqsadlarga xizmat qilgan?
10. amalga oshirilgan xo‘jalik o‘zgarishlarining halokatli 
oqibatlari nimalardan iborat bo‘ldi?
11. zo‘ravonlik yo‘li bilan amalga oshirilgan madaniy inqilob 
qanday natijalarga olib keldi?

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin