154
11. bobur shaxsi va faoliyatining jahoniy maqomi.
12. ma’rifatparvarlikning sivilizatsiyaviy maqomi.
13. milliy davlatchilikni tiklash – sivilizatsiyaviy vazifa.
14. mustamlakachilikning antitsivilizatorlik oqibatlari.
15. markscha-lenincha dunyoqarashning sivilizatsiyaviy
yaroqsizligi.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:
1. islom karimov. «donishmand xalqimizning mustahkam iroda-
siga ishonaman». «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga be-
rilgan javoblar. t., «O‘zbekiston», 2000.
2. islom karimov. «turkiston – umumiy uyimiz». t., «O‘zbe-
kiston», 1999.
3. «qur’oni karim». t., «Cho‘lpon», 1992.
4. amir temur. «temur tuzuklari». t., g‘afur g‘ulom nomidagi
adabiyot va san’at
nashriyoti, 1991.
5. «ma’naviyat yulduzlari». t., 2000.
6. F. sulaymonova. «sharq va g‘arb». t., 1997.
7. «Falsafa». darslik. matbua ahmedova tahriri ostida. t., 2006.
uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar – ijtimoiy-madaniy jarayon
www.ziyouz.com kutubxonasi
155
vii B o B. muSTAqil o‘zBEKiSTonninG
iJTimoiY-mAdAniY TAvSiFi*
30-§. Sivilizatsiyaning Sharq-markaziy
osiyo lokal tipi
Oldinroq aytilganidek, «sharq» tushunchasi yer shari quruqlik
qismining Osiyo qit’asi va afrika qit’asining
shimolini qamragan
ko‘p qirrali voqelikni ifodalaydi. bu markaziy Osiyoni ham qam-
ragan katta hududda bir-ikkitalarini
hisobga olmaganda insoniyat
boshidan kechirgan asosiy sivilizatsiyalar mavjud bo‘lgan, hozirgi
dunyoviy miqyosda tarqalgan dinlar kelib chiqqan.
islom dini va
sivilizatsiyasi ta’siri hozirda ham ahamiyatini yo‘qotmagan va, hatto,
ba’zi g‘arblik mutaxassislar fikricha, yangi uyg‘onish
davriga ham
kirgan.
bu mintaqa hududiy yopiq tizim sifatida
tabiiy sharoitlariga ko‘ra eng baland
tog‘lar, ular orasidagi subtropik vodiylar,
katta daryolar
atrofida ulanib ketgan
katta-katta vohalar va sayyora miqyosida
ajralib turadigan sahrolardan iborat.
bular, o‘z navbatida, tarixiy-etnik, savdo-iqtisodiy va ma’naviy
yaxlitlikni ifodalashi tabiiydir. «O‘rta Osiyo hududida, –
deydi
i. karimov, – aholi azaldan vodiylarda, katta suv manbalari – daryo va
anhorlar bo‘yida yashab keladi. Atrofi cho‘l va sahrolar bilan o‘ralgan,
tabiati, iqlimi g‘oyat murakkab bo‘lgan mintaqa sharoitining o‘zi ana
shu elat va millatlarning ming yillar davomida bir-biriga moslashib,
yaqin yelkadosh bo‘lib, bir-birining og‘irini yengil qilib yasha-
shini taqozo etgan»
1
. bu yerda qadimdan yashab kelayotgan turkiy
xalqlarni sovet davrida bir-biridan ajratishga qanchalik urinilmasin,
baribir ularga xos umumiyliklar saqlanib qolavergan. ana shu mintaqa
markazining, uning asosiy madaniy qismini tashkil etgan O‘zbekiston
uch ming yillik tarixga borib taqaladigan davlatchiligini 140 yilcha
* ushbu bob falsafa fanlari doktori, professor i. saifnazarov tomonidan
yozilgan.
1
islom karimov. «yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». t.,
«ma’naviyat», 2008, 9-bet.
Dostları ilə paylaş: