156
davom etgan rus-sovet mustamlakachiligi asoratidan qutulib yangicha
asoslarda tikladi.
O‘zbekiston o‘z
istiqbolini belgilashda «Qayoqqa?» «Qanday
tarzda?» «Qaysi vositalar bilan?» degan savollarga javob topish
zarur bo‘ldi. bunda mamlakatning tabiiy-tarixiy
va ijtimoiy-madaniy
tavsiflaridan kelib chiqib yo‘l belgilash juda muhim hisoblandi.
negaki, O‘zbekiston geografik, confessional, til va, umuman,
ma’naviy jihatlardan sharq sivilizatsiyasi, to‘g‘rirog‘i uning markaziy
Osiyo hududiy tarmog‘i ichidadir.
putur ketgan mafkuraviy dogmalardan qutulib o‘zini
jahonga
ochgan markaziy Osiyoning mustaqil, suveren davlatlarning ijtimoiy
rivojlanish mo‘ljallari, maqsadga erishish yo‘llari tanlanganiga
ko‘ra, garchi turlicha bo‘lsa-da, ularning o‘tmishi va hozirgi zamon
sivilizatsiyaviy birligi bu yerda kechayotgan
siyosiy va iqtisodiy
jarayonlarga tegishli yo‘nalish belgilab bermasligi mumkin emas.
bu, dastavval, o‘zlashtirilayotgan bozor munosabatlari, xususiy mulk,
raqobat, demokratiya,
shaxs erkinligi, ijobiy ma’noda tushunilgan
individualizm kabi qadriyatlardir.
Oldin aytib o‘tilganidek,
sharq va
g‘arb-yevropa sivilizatsiyalari an’anaviy
va texnogen tabiatlariga ko‘ra o‘zaro
farqlanadi. sharq yozma tarixining ikki muhim davrida qadimgi
dengiz sivilizatsiyasini ifodalagan yunonistonga, yangi va eng yangi
tarixda okeanlarning sivilizatsiyasini yaratgan yevropaga ilg‘orlikni
berib qo‘ygan edi. O‘z
navbatida, g‘arb keyinroq fan va texnika
rivojlanishini tezlashtirish orqali yuksak sur’atlarni ta’minlab, tegishli
tarzda aholi turmush sharoitlarini ham yaxshilab dunyoning ko‘p
joylariga, jumladan, sharqqa ham o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi. muayyan
jihatlardan bu sivilizatsiyalar to‘qnashuviga o‘xshagan holni yuzaga
keltirdi. buni chuqur mulohazali ziyolilar
payqamasligi mumkin
emasdi. Chunonchi, ingliz shoiri Redyard kipling «sharq va g‘arb
haqida ballada» asarida yozgan edi:
G‘arb – bu G‘arbdir, Sharq – esa Sharqdir,
Joyidan qo‘zg‘almas ular hech qachon.
Toki Yer yuzida qiyomat qo‘pib,
Unga qulab tushmaguncha bu osmon.
Dostları ilə paylaş: